Samarqand suv ta’minoti AJ Qo’shrabot tumani filiali tomonidan tuman hududida bajarilgan ishlar to’g’risida tuman hokimining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosari Inoyat Xoliqulov ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.
Samarqand suv ta’minoti AJ Qo’shrabot tumani filiali tomonidan tuman hududida bajarilgan ishlar to’g’risida tuman hokimining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosari Inoyat Xoliqulov ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.
Samarqand suv ta’minoti AJ Qo’shrabot tumani filiali tomonidan tuman hududida joylashgan suv inshootlarida suv yetkazib berish quvvati kam bo’lgan suv nasoslari quvvati baland suv nasoslariga almashtirildi jumladan :
1. Shovona, Namuna, Qiyqim mahallalari hududida joylashgan suv inshootlarida 8 ta yangi suv nasoslari yangidan almashtirildi.
2. 11 ta mahalla hududlarida 500 m bo’lgan ichimlik suvi tarmoqlari yangidan o’tkazildi va 1.3 km tarmoq rekonstruksiya qilindi.
3. Tuman hududidagi ichimlik suvi sathi pasaygan Oqchopsoy va Do’stlik mahallarida ikki dona yangi artezian quduqlari qazildi.
4. Filialga qarashli suv inshootlarida yaroqsiz holatga kelib qolgan 17 ta suv yo’naltirish uskunalari (zadvejka) dan 15 tasi yangidan o’rnatildi va 2 tasi ta’mirlandi.
5. Aholiga ichimlik suvi zarur bo’lgan Mayintepa va Qo’rg’on mahallalarida eskirib qolgan suv inshootlari va tarmoqlari yangidan o’tkazilib qurilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan Mayintepa mahallasi hududida 4.6 km tarmoq yangidan o’tkazilish va artezan qudug’i qazish natijasida 87 dona xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan taminlanadi. Qo’rg’on mahallasi hududida 3.9 km tarmoq yangidan tortish va yangi artezian qudug’i burg’ulash, 1 dona yangi suv minorasi o’rnatish natijasida 65 dona xonadaon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
6. Yil boshidan hozirgi kunga qadar tumanda jami 240 dona xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan ilk bor ta’minlandi 370 dona xonadonga ichimlik suvi yetkazib berish sifati yaxshilandi. Shu davr mobaynida 11.3 km ichimlik suvi tarmoqlari yangidan o’tkazilib 4.1 km tarmoq mukammal ta'mirlandi. Shuningdek tumandagi 17 ta mahalla hududlarida elektrotejamkor suv nasoslari o’rnatildi. Hozirgi kunda filial tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish uchun va turli xil nosozliklarni bartaraf etish uchun moddiy-texnik bazasi shay holatga keltirilgan. Zarur uskuna va texnikalar ko’rikdan o’tkazilib ish holatiga tayyorlab qo’yilgan.