insurez
03-04-2024 13:06

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Qo‘shrabot tumanida bo‘ldi


Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Qo‘shrabot tumanida bo‘ldi

Bugun, Xonnazar mahalla fuqarolar yig‘inida Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik R.Mamatov, tuman hokimi D.Shakarboyev ishtirokida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 

Qabul davomida fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarni bartaraf etish, ularni qiynab kelayotgan jarayonlarga yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, qabulda 16 yoshga to‘lgan va ilk bor katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga ID-kartalar topshirilib, ularning kelgusi hayotiga omad tilandi.

 

Teglar
- -