Tadbirkorlarning murojaatlari qonuniy hal etilyaptimi?
Tadbirkorlarning murojaatlari qonuniy hal etilyaptimi?
Mavzu yuzasidan tuman hokimi Dilshod Shakarboyev ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Hozirgi kunda, tumanimizda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘plab amaliy ishlar olib borilib, 1342 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Shundan, sanoat 212 ta, xizmat ko‘rsatish 146 ta, qurilish 89 ta, savdo 609 ta, qishloq xo‘jalik 177 ta va boshqalar bo‘yicha 109 ta faoliyat yo‘nalishlarini tashkil etadi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 516 ta tadbirkorlik subyektlari, shundan 175 ta kichik biznes subyektlari va 396 ta YATT tashkil etildi;
2024-yil yakuniga qadar yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subektlari soni 320 ta kichik biznes subyektlari va 447 ta YATTni tashkil etadi.
Tumanda 2 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlarida va 10 ta kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida hamda viloyat o‘quv markazlarida 550 nafar fuqarolar turli yo‘nalishlarda o‘qitildi.
2024-yil yakuni bilan 600 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilishi ta’minlanadi.
Tumanda oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun, Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tuman tijorat banklari tomonidan hozirgi kunga qadar 1719 ta loyihaga 25 841 mln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi;
Xususan, 2024-yilning hozirgi davrigacha bo‘lgan muddatda PQ-39-sonli qaroriga asosan Parrandachilik faoliyatini kengaytirish maqsadida “Har bir oila–tadbirkor” dasturi asosida Parrandachilikning tuxum yo‘nalishida 138 nafar fuqarolarga 1,8 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari xisobidan 16,6 ming ta tovuqlar olib berildi va doimiy daromad topish imkoniyati yaratilib berildi.
Misol uchun, Shovana mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz fuqaro Xamrayev Feruz tomonidan 200 bosh parranda xarid qilinib kunlik o‘rtacha 180 dona tuxum olib kelmoqda, 1 dona tuxum mahalliy bozorda 1 300 so‘mni tashkil etsa, 234,0 ming.so‘mga tuxumlarni sotib kelmoqda. Shundan bir kunlik xarajati: tovuqlarga bir kunda yem uchun 130,0 ming.so‘m xarajat qilinsa bir kunlik sof foydasi 104,0 ming.so‘mni tashkil qilmoqda, bir oylik 3,1 mln.so‘m, bir yillik daromad 37,4 mln.so‘m tashkil etadi.
Shuningdek, parrandachilikning go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha
3 nafar fuqaroga 158.0 mln so‘m kredit mablag‘lari xisobidan
3800 ta bruller jo‘jalari olib berilib, daromad olish imkoniyati yaratilib berildi.
Misol uchun, Shovana mahallasida yashovchi fuqaro Tilovov Elyor tomonidan 4000 dona go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha bruller tovuqlar boqilmoqda. Bu tovuqlar xar 40-45 kunda tayyor bo‘ladi. Har bir tayyor bo‘lgan tovuqdan o‘rtacha 2,5-3.0 kgdan go‘sht olish mumkin. Tayyor tovuq go‘shtining bir kilosining narxi 25,0 ming so‘m. Ushbu oila har 40 kunda 25,0 mln.so‘m daromad topmoqda.
Yana bir Misol, Shovana mahallasida yashovchi fuqaro Mardiyev Zavqiddinga 66.0 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 5000 dona go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha bruller tovuqlar olib berildi Ushbu oila har 40 kunda 35,0 mln.so‘m daromad topmoqda.
Bundan tashqari, Yuqori-Jo‘sh MFYda aholining kam taminlangan qismini qo‘llab quvvatlash maqsadida 30 ta oilaga “NAVOBOD NASLLI PARRANDA” MChJ tomonidan 3 tomonlama shartnoma asosida, jami 10 ming dan ziyod go‘sht yo‘nalishida bruller jo‘jalar tarqatildi. Endi ushbu oilalar kuniga o‘rtacha 100-120 ming.so‘mdan qo‘shimcha daromad olishi mumkin bo‘ladi.
Misol uchun, Yuqori Jo‘sh MFYda yashovchi fuqaro Ibodullayev G‘iyos xonadonida 500 dona bruller jo‘jalar boqilishi yo‘lga qo‘yilgan.Bu tovuqlar xar 40-45 kunda tayyor bo‘ladi. Har bir tayyor bo‘lgan tovuqning tirik vazni o‘rtacha 3,0-4.0 kgdan tashkil etadi. Tayyor bo‘lgan tovuqning tirk vazndagi bir kilosining narxi 18,0 ming so‘mdan “NAVOBOD NASLLI PARRANDA” MChJ tomonidan sotib olinmoqda. Ushbu oila har 40-45 kunda 9,0 mln.so‘m daromad topmoqda.
Kichik sanoat va Yoshlar sanoat zonalariga to‘xtaladigan bo‘lsam;
Tumanda 3 ta kichik sanoat zonasi hamda 1 ta Yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Yoshlar sanoat zonasidagi
2 ta korxona ish faoliyatini boshlagan.
Tadbirkorlarning muammolari qonuniy hal etilayaptimi degan savolga keladigan bo‘lsam, tumanda har chorshanba “Chorshanba-Tadbirkorlar” kuni etib belgilangan bo‘lib, Tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida hozirgi kunga qadar 6-marta tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va tadbirkorlar tomonidan jami 12 ta muammo va takliflar bildirildi. Jumladan;
- Tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha kredit olish masalasida 7 ta
- Elektr energiya tarmog‘iga ulab berish masalasida-1 ta
- Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yer maydoni ajratib berish masalasida-3 ta
-Qishloq xo‘jalik masalasida 1 ta murojaatlar kelib tushgan.
Bildirilgan taklif va muammolar tegishli mutassaddi tashkilotlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, jami 12 ta murojaatlarning 4 tasi ijobiy, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berish hamda 1 ta murojaatga esa rad javobi berilgan.
Ijobiy hal etilgan murojaatlarning muammolariga to‘htalib o‘tiladigan bo‘lsak, tadbirkorlar bilan uchrashuvda, savdo hizmatlari bilan shug‘ullanadigan “BUVIANBAR SAVDO” MChJ rahbariga tijorat banklaridan hizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorligini rivojlantirish uchun 100 mln.so‘m kredit ajratib berildi.
Bundan tashqari, “SADOQAT” XK rahbari tomonidan tadbirkorlik subyektini elektr energiya tarmog‘iga ulab berishda qilgan murojaati ham ijobiy hal etildi.
Huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan murojaatlarga, birgina misol “MUSTAQILLIK XOZ STROY” MChJ, “OROM SAVDO INVEST” MChJ hamda “SARTOQCHI MRAMOR” XK rahbarlari tomonidan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yer maydoni so‘rab qilgan murojaati bo‘yicha, tadbirkorga tumanda E-IJRO AUKSION tizimi orqali qo‘yilgan bo‘sh yer maydonlaridan yutib olib, bemalol foydalanishi mumkinligi tushuntirib o‘tildi.