Tuman hokimining birinchi o'rinbosari Qaxramon Xoliqulov ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
Tuman hokimining birinchi o'rinbosari Qaxramon Xoliqulov ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Mavzu: Tumanda aholini ish bilan taʼminlash, ularga munosib sharoit yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tildi.
Qoʼshrabot tumanda aholi soni 140,1 ming kishini tashkil qiladi. Mehnatga layoqatli aholi soni 69,3 ming kishi, iqtisodiy faol aholi soni
50,7 ming kishi, band aholi soni 47,2 ming kishi, iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar (Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badali toʼlovchilar)
18,8 ming kishi, iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar 23,3 ming kishi, chet elda ishlayotganlar soni 1,9 ming kishini tashkil etdi, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 18,6 ming kishini tashkil etmoqda.
Tumanda kelgusida aholi bandligini taʼminlash holatini yaxshilash, bunda asosiy koʼrsatkich ishsizlik darajasini muntazam pasaytirib borish uchun quyidagi chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Birgina joriy 2024-yilda barcha yoʼnalishlarda 10124 nafar fuqarolar bandligi taʼminlashni rejalashtirganmiz.
Ushbu belgilangan rejani amalga oshirishda tumanning oʼziga xos xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, jadal rivojlantirish, ishsizlik va kambagʼallikni keskin qisqartirish, aholi hayotini yaxshilash yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy takliflarga asosan:
jumladan, joriy yilning oʼtgan davrida 7645 nafar ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash rejalashtirilgan boʼlib, oʼtgan 9 oy yakuni bilan 8907 nafar fuqarolar turli yoʼnalishlarda doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilindi, jumladan:
qurilish, transport va kommunal sohada 759 nafar;
investitsiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish sohasida 116 nafar;
qishloq, suv va oʼrmon xoʼjaligi sohasida 1774 nafar;
moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambagʼallikni qisqartirish, xizmat koʼrsatish sohasida 4255 nafar, jumladan:
savdo va xizmat 3346 nafar;
hunarmand 119 nafar;
turizm va madaniyat sohasida 103 nafar;
Birinchi navbatda, norasmiy sektorda faoliyat yuritib kelayotgan ish oʼrinlarini rasmiylashtirish ishlarini doimiy davom ettirib, 810 nafar fuqaro ish joyi rasmiylashtirildi.
Birgina tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi tomonidan 2024 yilning oʼtgan 9 oyi davomida 3170 nafar ishsiz fuqarolarga bandlik xizmatlari koʼrsatildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-sonli qaroriga asosan 201 nafar ishsiz fuqarolar haq toʼlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, shundan 88 nafari ishsiz ayollar hamda 62 nafar yoshlar jalb qilindi.
Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi tomonidan 14 marotaba “Boʼsh ish oʼrinlari yarmarkalari” oʼtkazildi. Ushbu yarmarkalarda 259 ta korxona va tashkilotlar oʼzlaridagi 1338 ta boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdilar.
Yarmarkalarda jami 412 nafar ishsiz fuqarolar ishtiroki taʼminlandi. Qatnashganlarning 181 nafariga doimiy ishga joylashish uchun yoʼllanmalar berildi va ishga joylashtirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi
PQ-5140-sonli “Ishchi kasblar boʼyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi hamda Samarqand viloyati hokimining 2021-yil 1-dekabrdagi 168-7-0-Q/21-sonli “Mahalla aholisini kasb-hunarga oʼqitish maskanlarini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarori bilan Qoʼshrabot tumanida 10 ta mahallada aholini kasb hunarga oʼqitish maskanlari tashkil qilingan.
Hozirda mazkur maskanlarda tikuvchilik, oshpaz-qandolatchilik hamda kompьyuter grafikasi yoʼnalishlari boʼyicha fuqarolar kasb-hunarga oʼqitilmoqda.
Bundan tashqari, Samarqand shahridagi “ishga marhamat” monomarkazi, Samarqand shahar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi, Samarqand shahar qurilish sohasidagi kasb-hunarga oʼqitish markazlarida, jami 605 nafar ishsiz fuqarolar, shundan 498 nafar ayollar, 156 nafar yoshlar turli yoʼnalishlarda oʼqitilmoqda.
Kelgusida ushbu yoʼnalishlarda kasb-hunarga oʼqitilgan bitiruvchilar turli sohalarda oʼz mehnat faoliyatini olib borishiga imkon boʼladi.