Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
🏛Bugun, 27-may kuni 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tuman hokimining o'rinbosari X.Kubayev, tuman tuman hokimining o’rinbosari S.Mahmudova, sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
📝Qabul davomida xususan, fuqarolar tomonidan sog'ligini tiklash, gaz ballon olishda amaliy yordam, ishga joylashish, elektr energiya, uy-joyini ta'mirlash uchun amaliy yordam, aliment pulini undirish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.
✅Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda ro'yxatga olinib, ijrosini ta'minlash borasida tegishli mas'ullarga biriktirildi.