insurez
15-05-2024 13:05

Viloyat prokurori Shavona mahallasida aholi xonadonlarida bo‘ldi.


Viloyat prokurori Shavona mahallasida aholi xonadonlarida bo‘ldi.

Viloyat prokurori M.Eshnazarov tuman hokimi D.Shakarboyev hamrohligida tumanda “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida Shavona mahallasi hududida joylashgan Shavona oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, mahalladagi aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqadan unumli foydalanish, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, mas’ullar mahalladagi parrandachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolar bilan suhbatda boʻlib, ularga parrandachilikni yanada rivojlantirish hamda kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.

Teglar
- -