insurez
25-05-2024 11:00

Y O L G‘ O N A X B O R O T T A R Q A T G A N L I K U Ch U N J A V O B G A R L I K M U Q A R R A R


Y O L G‘ O N    A X B O R O T    T A R Q A T G A N L I K   U Ch U N

J A V O B G A R L I K    M U Q A R R A R

 

 

Sir emaski oxirgi yillarda  iqtisodiy rivojlanishga  monand ravishda Jaxonda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar  soni keskin oshdi,  internet dan foydalanish, internet  orqali axborot olish va almashish diyarli ko‘pchilik aholini kundalik  hayot tartiziga kirib bo‘ldi.

Afsuski, ijtimoiy tarmoqlardan olinayotgan  hamma axborotlar va ma’lumotlarni  barchasini  to‘g‘ri deb bo‘lmaydi, kimlardir o‘zlari uchun  “piar”  yoki  sahisafiga a’zolar sonini  oshirish uchun yolg‘on ma’lumot va axborotlarni  tarqatsa, kimlardir  ataylab,  kimdandir o‘ch olish maqasddan  internetdan foylanmoqdalar.

Bu esa haqli  ravishda ko‘plab fuqarolarning  haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib   kenilayotgan edi va tergov-sud amaliyotida shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatganlik, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatganlik uchun qonunchilikda   alohida javobgarlik nazarda tutuvchi normasi mavjud bo‘lmaganligi sababli esa ko‘pchilik holatlarda bunday holatlar  O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik  to‘g‘risidagi   Kodeks ning  40-41-moddasi bilan  tartibga  solinar, bu esa  aybdor  deb topilgan shaxslarga tegishli jazo tayinlash va harakatlarni tegishli tartibda malakalashda  qiynchilik  yuzaga kelib,  ko‘pchilik  holatlarda  bahsli  vaziyatlarni keltirib chiqarar va  shunday  harakatlar  sodir etgan shaxslarga  tegishli  chora ko‘rilmasdan qolishiga  sabab bo‘layotgan  edi.

O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi   tomonidan  ushbu masala o‘z vaqtida  ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi  Oliy  Majlis Senati tomonidan  19.12.2020-yilda  maqullangan va  25.12.2020-yilda   kuchga kirgan O‘RQ-658-sonli  qonuni bilan O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  Kodeksi va  Jinoyat Protsessual  Kodeksi  hamda Ma’muriy Javobgarlik  to‘g‘risidagi  Kodekslariga bir qator  o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi   Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 2022–moddasi bilan  to‘ldirilgan bo‘lib, bunda Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish — azaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish —bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” va  O‘zbekiston   Respublikasi  Jinoyat  Kodeksiga 2446–moddasi kiritilgan bo‘lib, bunda Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa —bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, ushbu Kodeksning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;

b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida;

b) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan holda;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi”  deb ko‘rsatildi.

Xulosa qilib aytganda, endilikda har bir axborotni tarqatishda,  avvalombor axborotni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish, asossiz ravishda o‘zga  shaxsning shaxsini  qadr-qimmatini  kamsitmaslik, obruysizlantirmaslik lozim va bilib bilmay o‘zga shaxsning sha’ni va qadar-qimmatini kamsitish va  obruysizlantirish, asossiz har qandiy mish-mishlarni, yolg‘on axborotlarni  tarqatganlik uchun javobgarlik muqarradir.

Qo‘shrabot tuman  IIB  huzuridagi 

Tergov  bo‘linmasi  surishtiruvchisi  

mayor                                                                                                           A.A.Rahmatov

Teglar
- -