Yangi o‘quv yiliga yana bir tuhfa.
Yangi o‘quv yiliga yana bir tuhfa.
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida tumanimizning Yuqori Jo‘sh mahallasida viloyat prokurori tashabbusi bilan barpo etilgan 45-umumta’lim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ochilish marosimida Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov, tuman hokimi D.Shakarboyev, mahalla mas’ullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishmoqda.
Tuman hokimi tadbirda so‘zga chiqib, qishloq aholisini Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Bolajonlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslarda Vatan, tinchlik tarannum etildi.