Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar haqida

Bugungi kunda Qo‘shrabot tumanida 230 o‘rinli shifoxona, 240 qatnovli 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 200 qatnovli 2 ta oilaviy poliklinika, 500 qatnovga mo‘ljallangan 12 ta oilaviy shifokorlik punktlari, 21 ta mahalla tibbiyot punktlari, 6 ta hususiy klinikalar, 10 ta tez tibbiy yordam brigadalarida jami 122 nafar shifokor va 792 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan 2022 yil davomida tibbiyot muassasalariga aholi tomonidan 482 735 ta qatnovlar amalga oshirilib, aholi jon boshiga 3.7 qatnovga yetkazildi.

Tumanda 2022-yilda 2 ta yangi (Chimmos va Minishkor) oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

            -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-sonli qaror bilan tumanimiz hududlarida 21 ta maxsus konteynerlar joylashtirilib, 24474 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtirildi.

            -“Qishloq shifokori” dasturi doirasida tumanimizning olis hududlaridagi 6 ta oilaviy shifokorlik punktlarida 13 nafar shifokor ish boshladi.

            - Tez tibbiy yordam xizmati 1 ta zamonaviy Wolksvagen va 2 ta DAMAS (Jonbuloq va Minishkor) rusumli avtotransport vositalari bilan ta’minlandi.

            Ta’kidlab o‘tilgan barcha yutuqlarimiz, avvalo, mehnatkash va bunyodkor xalqimiz salomatligini mustahkamlash yo‘lida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardir.

2022-yil 20-dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda 30-dekabr kuni “Ma’muriy islohotlarni” amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishlarida tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarni rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriq va vazifalar berildi.

            Jumladan, tibbiyotda rahbar kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida urg‘u berilib, ularga bo‘lgan talablar belgilandi. Bugungi rahbar faol, tashabbuskor va albatta o‘z yo‘nalishi bo‘yicha natija ko‘rsata oladigan shaxs bo‘lishi lozim.

            Shu bois, “Barchasi inson qadri uchun” degan g‘oyani oliy maqsad qilib olgan holda, joriy yilda aholi salomatligini saqlash yo‘lida amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman

2023-yilda ustuvor vazifalar:

            Birinchi yo‘nalish:

            Sog‘liqni saqlash sohasini “Korrupsiyadan holi tizim”ga aylantirish yo‘nalishidir. Bunda, tizimdagi ayrim nopok xodimlar tomonidan tizim sha’niga dog‘ bo‘layotgan “Ishga joylashtirish, tug‘ruqxonalardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan “stavka”lar, tibbiy yo‘llanma berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlarni yo‘qotish va oldini olish. Buning uchun tibbiyot birlashmasida ishonch telefonlarini qayta tashkil etish, unda nafaqat hududiy muassasa bosh shifokorining, balki shaxsan mening shaxsiy telefon raqamimni kiritilgan 3 ta (KTMR, tug‘ruq bo‘limi. Qabul bo‘limi) “tezkor aloqa” tizimi yaratildi.

Ikkinchi yo‘nalish:

To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yo‘nalishi. Yangi, umummilliy harakat strategiyasini ijrosini ta’minlash choralari ko‘riladi.  

            Aholi orasida profilaktik tibbiyotni o‘rni va rolini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimining qaysi bo‘g‘inida faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar, shifokor va hamshiralarning eng asosiy vazifasi kasalliklarni erta aniqlash va profilaktikasini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik hamda to‘g‘ri ovqatlanishni aholi orasida keng va muntazam targ‘ib qilishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun hamkor idora va tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakatini amalga oshirish hamda alohida ishlab chiqilgan strategiyaga asosan mahalla faollari, sportchilar, ta’lim sohasi vakillari, xotin-qizlar, yoshlar va ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokini ta’minlash talab etiladi.

            “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakatining mahallalarda tatbiq qilinishiga hududiy sog‘liqni saqlash organlari rahbarlari bevosita mas’ul va javobgar bo‘lishlari kerak.

Uchinchi yo‘nalish:

            Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish yo‘nalishi. Bunda, Davlatimiz rahbarining 6110-sonli Farmonida belgilangan 2 ta oilaviy shifokorlik punkt (Chimmos va Minishkor)ini ochildi. Bundan tashqari, joriy yilda qo‘shimcha 1 ta oilaviy shifokorlik punkti (Mayintepa) tashkil etishni rejalashtirganmiz.

            2017 yilda konservatsiya qilingan “QVP”lar negizida yangi 4 ta oilaviy shifokorlik punktlari hamda ixcham mahalla tibbiyot punktlarini (Boqi Chig‘atoy, Qoratosh, Pichot, Boypurushli)  tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

            Har bir oilaviy poliklinika va shifokorlik punktiga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib berilib, ekspress laboratoriyalar yangilanib, kadrlar ta’minoti yaxshilanadi.

            Qo‘shrabot tumanining 1ta KTMP, 12 ta oilaviy shifokor punkti va 2 ta oilaviy poliklinikalarda  mehnati samaradorligini reyting tizimida baholash amaliyoti joriy etiladi.

11 156 nafar aholi onkologik, endokrinologik va kardiologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkaziladi.

            Bundan tashqari 5 728 nafar xotin-qizlar ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni kasalligini erta  bosqichlarda aniqlash va 11 258 nafar bolalar pediatr, stomatolog, endokrinolog va ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

To‘rtinchi yo‘nalish:

            Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni yaxshilash yo‘nalishi. Bu borada tumanimizdagi 152  nafar imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ixtisoslashtirilgan markazlar, hududiy tibbiyot muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida davolanishi tashkillashtiriladi.

Beshichni yo‘nalish:

            Onalik va bolalikni muxofaza qilish yo‘nalishi. Albatta,  bu boradagi ishlarimizni yanada takomillashtirishimiz dolzarb vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Aytish joizki, so‘nggi besh yil davomida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi. Natijada onalar va go‘daklar o‘limining kamayishiga erishildi. Jumladan, tumanda ohirgi 5 yil davomida onalar o‘limi sodir bo‘lmagan, go‘daklar o‘limi esa 0,4 promilliga barobarga kamaydi.

            Kelgusida quyidagilar onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

            Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash;

            Sog‘lom farzand tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;

            Bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;

2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan sog‘liqni saqlash tizimida ham bu yil tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash masalasi ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida esa, turli byurokratik va inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga barham beriladi, ya’ni Malaka toifasini berishda inson omili aralashmaydigan, shaffof, 3 bosqichli yangi tizim joriy etiladi. 2023 yil 1 apreldan boshlab, malaka toifasi olish bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali faqat elektron shaklda qabul qilish tartibi joriy etiladi. Malaka toifa sertifikatlari QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Keyingi yildan boshlab farmasevtika va tibbiyot xodimlari faoliyati bosqichma-bosqich litsenziyalashga o‘tiladi.

            Bugungi kunda tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 2 nafar shifokorlarning yetakchi xorijiy klinikalarda byudjet mablag‘lari hisobidan malaka oshirishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kengaytiriladi.

            Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tor soha yo‘nalishda shifokor vakant lavozimlarni to‘ldirish maqsadida shifokorlar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining diplomdan keyingi ta’lim fakultetlarida mutaxassislik bo‘yicha birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) o‘qitiladi.

Jumladan hozirgi vaqtgacha tuman hokimligi va tuman kengashi deputatlari tashabbusi bilan 1 nafar kardiolog, 1 nafar infeksionist mutaxassislari qayta ixtisoslikdan o‘tdi va 2 nafar mutaxassislarimiz laparoskopik jarrohlik  mutaxassisligi bo‘yicha 5 oylik qayta mutaxassislikdan o‘tishmoqda.

Yettinchi yo‘nalish:

            Tibbiyotni raqamlashtirishni jadallashtirish yo‘nalishi. Tizimda elektron xizmatlar qamrovini oshirish va bu orqali aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish. “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimini barcha tibbiyot muassasalarida joriy etish ishlar yakunlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli ““Raqamli O‘zbekiston -2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonining 8 b –ilovasining 3.1 bandlarining ijrosini tam’minlash maqsadidi barcha tibbiyot muassasalarini zarur kompyuter jamlanmalari (81 ta) va internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida barcha davolash-profilaktika muassasalarida lokal tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilgan.

Xodimlarning kompyuter savodxonligin oshirish, ularni “IT markazlarida” malaka oshirishlarini ta’minlash hamda raqamli tibbiy qulayliklaridan foydalanish yuzasidan 186 nafar tibbiyot xodimlari “IT markazlarida” malaka oshirishdilar

Sakkizinchi yo‘nalish:

            Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish ta’kidlab o‘tildi. Buning uchun viloyatimizda sug‘urta tizimini 2024-yilda joriy qilish uchun tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtiriladi va natijada har bir bemor qachon, qaerda va qanday davolanishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.

To‘qqizinchi yo‘nalish:

            Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni o‘z vaqtida ijobiy hal etish.  O‘tgan 2022-yilda birlashmaga aholi murojaatlari soni 386 tani tashkil etib, 2021-yil 286 tani tashkil etgan bo‘lib, 100ta (25,9%) ga ko‘paygan.

            Xususan, Virtual qabulxona orqali 124ta,  (2021-yil 156ta) -28,  Xalq qabulxonasi orqali 30ta (2021-yil 82ta) -52, Prokuratura organlari orqali 14 ta (2021-yil 11ta) +3, Sog‘liqni saqlash organlari orqali  7 ta (2021 yil 9ta) -2, Boshqalarda 211 ta (2021-yil 23ta) +188.

            Murojaatlarning asosiy ko‘payish sabablari o‘rganib chiqilganda sektor raxbarlarining joylardagi sayyor qabullari orqali qilingan murojaatlarga to‘g‘ri kelayotganligi aniq bo‘ldi.

            Murojaatlar ijrosi ko‘rsatkichlari:

            Tushuntirish berilgan 58 ta (2021-yil 84ta), Qanoatlantirilgan 318 ta (2021 yil 192ta),

            Murojaatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari KTMP Jo‘sh filiali, Shovona OP, Toz OSHP muassasalarda qayd etildi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, aholi murojaatlarining dinamikasi tizimning aholiga qay darajada xizmat qilayotganligini ko‘rsatuvchi asosiy indikatorlardan biridir. Yuqoridagilarni inobatga olib, aholi murojaatlari bilan jiddiy shug‘ullanish har bir rahbar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lmog‘i lozim. Boshqarmada aholidan tushayotgan murojaatlar uchun alohida telegram kanali ishga tushiriladi. Hududlarda fuqarolarning murojaatlarini muddatida ko‘rib chiqmagan va bu boradagi ishlarni asossiz susaytirgan mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash tizimi joriy etiladi.

            Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i xalq deputatlari tuman Kengashlarida har 6 oyda hisobotlari, poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari rahbarlarining esa mahalla fuqarolar yig‘inlarida har chorakda axborotlarini berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘ninchi yo‘nalish:

             Tibbiyot muassasalarida energiya resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni amaliyotga keng joriy etish talab etiladi. Birgina misol tuman tibbiyot birlashmasi tizimidagi muassasalarning bir yillik elektr energiyaga ehtiyoji 110 103.1 Kvatt soat bo‘lib, bu 881.1 mln so‘mni tashkil etadi. Agar har bir muassasada ma’lum kuchlanishdagi quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatilsa bu elektr energiya sarfi kamayishiga va yuqori iqtisodiy samaradorlikga olib keladi.

            2022-yil tuman tibbiyot birlashmasida Investitsiya dasturi asosida 2 ta OShP “Qo‘shrabot” 1 200 mlrd so‘m, hamda “Pangat” OShP binosi 2 300 mlrd so‘mga yangidan qurildi, “Qovunchi” OShP binosi xomiylik asosida qurilmoqdi va “Minishkor” OShP binosi xashar yo‘li bilan joriy ta’mirlandi. Tuman markaziy shifoxonasi reanimatsiya, ginekologiya hamda kirish qismi yo‘laklari 476 mln. so‘mga joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashkari Mahalla tibbiy punktlari uchun 21 dona shundan: 15 dona 12 metrlik, 6 dona 6 metrlik konteynerlar keltirilib o‘rnatish va joriy ta’mirlash ishlari uchun 1 057 500 ming so‘m, Markaziy shifoxonaga yangi xojatxona qurilishi uchun 150 mln so‘m ajratildi

            Tashabbusli byudjet doirasida ishtirok etib 4 mingdan ziyod ovozga ega bo‘lib 1mlrd 200 mln. so‘m mablag‘ kiritildi va markaziy shifoxonaning bo‘limlarida joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

            2022-yilda 122 mln. 652 ming so‘mga ko‘rpa to‘shak va choyshablar bilan ta’minlandi.

            4 dona UZI apparati (shundan 1 dona portativ) Shovona, Zarkent OP va KTMP Jo‘sh filiallariga olib kelib o‘rnatildi. 15 dona 3 kanalli EKG apparati olib kelindi

            Vrach oldi ko‘rik xonasi uchun 285 mln. so‘m mablag‘ga tibbiy jixozlar olindi, Shovona oilaviy poliklinika uchun 22 mln. so‘mga  analizator aparati olib berildi.

            Markazlashgan tartibda Tez tibbiy yordam bo‘limiga 40 mln. so‘mga kompyuter, printer, planshetlar, markaziy shifoxonaga 285 mln.so‘mga kislorod generatori,  47 mln. so‘mga birlamchi tibbiy tizim uchun kompyuter va kompyuter jihozlari keltirildi.

 

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM