Fermer dehqon xo'jaliklarining daromadini ko'paytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Fermer dehqon xo'jaliklarining daromadini ko'paytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda kо‘plab sohalarda olib borilayotgan islohotlar о‘z samarasini bermoqda. Bunda avvalambor, aholining bandligini ta’minlash bо‘yicha 2017-2021-yillar mobaynida jami 8240 ta yuridik shaxs maqomiga ega bо‘lmagan dehqon xо‘jaliklari tashkil etilgan bо‘lib 8240 nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlangan.

Hozirgi kunda ushbu tashkil etilgan dehqon xо‘jaliklarining yer maydonlarida mevali bog‘ va uzum kо‘chatlari ekilgan bо‘lib, ushbu ekilgan bog‘zor va uzumzorlarning qator oralariga qishloq xо‘jaligida yetishtiriladigan asosiy turdagi meva sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa turdagi mahsulotlar yetishtirilmoqda. Ushbu yetishtirilgan qishloq xо‘jaligi mahsulotlari tumanning oziq-ovqat bazasini va iqtisodiy kо‘rsatkichlarni oshirishga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.

Qolaversa tumanda faoliyat olib borayotgan fermer xо‘jaliklari va qishloq xо‘jaligi korxonalarida ham asosan yо‘nalishlariga kо‘ra, dasturlaga asosan uzum kо‘chatlari ekish hamda bog‘dorchilikni yо‘lga qо‘yish bо‘yicha ekish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga ish о‘rni tashkil etish hamda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari barqarorligiga erishilmoqda. Bundan kelib chiqadiki har gektar yer maydonlaridan imkon qadar yuqori hosil olish va о‘z navbatida aholi daromadini oshirish imkoni paydo bо‘lmoqda.

 

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM