Bilimlar kuni munosabati bilan Shovana mahallasida 35-umumta’lim maktabda qurilgan yangi 110 o'rinli qo'shimcha bino foydalanishga topshirildi.
Bilimlar kuni munosabati bilan Shovana mahallasida 35-umumta’lim maktabda qurilgan yangi 110 o'rinli qo'shimcha bino foydalanishga topshirildi.







2-sentabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Shovana mahallasida 35-umum ta’lim maktabiga yangi 110 o‘rinli qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi. Ushbu bino zamonaviy talablarga javob beruvchi, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashga mo‘ljallangan.
Qo‘shimcha bino qurilishi natijasida maktabdagi o‘quvchilar sonining ortishi bilan bog‘liq muammolar hal etildi va o‘quv jarayoni yanada samarali tashkil etildi.
Yangi bino sinfxonalar, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, shuningdek, o‘quvchilarning bilim olishiga qulaylik yaratish maqsadida barcha zarur infratuzilma elementlari mavjud. Ushbu qurilish mahalla va ta’lim tizimi uchun muhim voqea bo‘lib, yosh avlodga sifatli ta’lim berishda muhim ahamiyat kasb etadi.




