insurez
03-05-2025 10:20

Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazilmoqda


Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ayni vaqtda tuman hokimi D.Shakarboyev hamda tumandagi masʼul korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Qo‘shrabot tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi faollar zalida Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv davomida yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglanmoqda. 

Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar hamda taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganilib, ijrosini taʼminlash bo‘yicha masʼullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -