insurez
03-09-2025 18:00

Jinoyat muhokamasi o‘tkazildi


Jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Bugun, 3-sentabr kuni Qo‘shrabot tumani Tegirmonovul mahallasida tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman prokurori G' Abdurahmonov, tuman IIB boshlig'i o'rinbosari S.Fozilov  mahalla mas’ullari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muhokama so‘nggida mahalla mas’ullariga jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash, salbiy holatlarni oldini olish, takroran jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi hamda keng jamoatchilik bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -