insurez
26-09-2025 09:30

mehnat qonunchiligi


Yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ta’lim tashkilotlarida yangi pedogoglarni ishga qabul qilish yoki tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq ko‘plab jarayonlarni ham boshlanib ketadi.

Avgust oyi ta’lim muasasalari uchun mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq bir qancha masalalarni keltirib chiqaradi. Radio eshitirish orqali tinglovchilarimizga bugun olis va chekka hududlardagi umumta’lim maktablariga borib ishlashni ko‘zlagan pedogoglarga  mehnat shartnomas tuzish va bekor qilishdagi ayrim masalalar haqida ma’lumot berib o‘tmoqchiman.

Respublikamizdagi 12 ta hududining turli tumanlardagi qishloq va mahallalar  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2019-yil 07-iyun sanasidagi 471-sonli qarori bilan olis va chekka hudud etib belgilangan. Jumladan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida 9 ta Mahalla fuqarolar yig‘ini olis va chekka hudud etib belgilangan. Ushbu olis va chekka hududdagi maktablarda ishlash istagini bildiruvchi pedogoglar uchun qonunchilikda bir qator imtiyozlar belgilangan

Jumladan, olis va chekka hududdagi maktabga ishga kirgan o‘qituvchi xodimlarga ish stajlariga qarab, 10 foizdan 50 foizgacha ustama to‘lanadi. Bundan tashqari ushbu maktablarga ishga kirgan o‘qituvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ijarasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiya ham to‘lab beriladi. Olis va chekka hududdagi maktabda pedogogik faoliyat olib borishlikni xoxlagan pedogoglarning mehnat shartnomasini adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda qo‘shimcha tarzda viloyat hokimi o’rinbosarining tavsiyanomasi so‘raladi. Ushbu tavsiyanomaga asosan pedogog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imztyozlar ko‘rsatib o‘tiladi va yuqoridagi imtiyozlar qo‘llaniladi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki ayrim holatlarda o‘qituvchilar olis hududda joylashgan maktablarga kelib bir yoki ikki yildan keyin o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish istagini bildirib ish beruvchiga ariza yozish holatlari ham mavjud. Umuman olganda xodimning o’z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqi mavjud. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Lekin, Oliy ma’lumotli mutaxassis tegishliligi bo‘yicha olis va chekka hududda joylashgan budjet tashkilotidagi faoliyatini 36 oygacha bo‘lgan muddat ichida to‘xtatgan taqdirda, boshlang‘ich yordam puli to‘liq hajmda budjetga qaytariladi.

Xodim va ish beruvchi o‘rtasida mazkur masala yuzasidan kelishmovchilik payda bo‘lgan taqdirda yuridik markazlar tomonidan qonunchilik yuzasidan tomonlarga tushuntirish beriladi. Tomonlar muzokaraga kela olmagan yoki xodim budjetga to‘lanishi zarur bo‘lgan to‘lovni amalga oshirishdan bo‘yin tovlagan holatlarda ushbu to’lovlarni undirish yuzasidan tegishli tartibda ish beruvchiga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan da’vo arizasini tayyorlab fuqarolik sudlariga da’vo arizalar kiritilmoqda. Sudda yuridik markaz xodimlari ishonchli vakil sifatida ish beruvchi bujjet tashkiloti manfaatini himoya qilib tegishli sud qarori asosida mazkur to‘lovlar davlat budjetiga qaytarilishiga erishilmoqda.

Biz pedogoglardan olis va chekka hududga ishga borishda yuqorida ko’rsatib o‘tilgan imtiyozlar bilan birgalikda kamida 36 oy mobaynida mazkur hududdagi maktab o‘quvchilariga astoydil ta’lim berishni maqsad qilib olishini va shunga tayyor holda mehnat shartnomasini tuzishlarini so‘rab qolamiz.

 

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi yuridik

Xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsul’ti:                         I.Karimov

 

 

Teglar
- -