insurez
08-09-2025 13:00

Og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.


Og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolari va ehtiyojlarini aniqlash, bandligini taʼminlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi D.Shakarboyev, DXX, IIB tuman masʼullari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda og‘ir toifadagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi. Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlash, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli choralar belgilandi.

Teglar
- -