Qo‘shrabot tuman bo‘yicha “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayonlarida 2025-yil 1 va 2025-yil 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Musirmonov Xurshid Iliyozovichning 2025-yil 3-chorak holatiga
Qo‘shrabot tuman bo‘yicha “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayonlarida
2025-yil 1 va 2025-yil 2-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Musirmonov Xurshid Iliyozovichning 2025-yil 3-chorak holatiga
HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5072-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-son qaroriga asosan tumanimizda “Fuqarolar tashabbusi” 2025-yil 1-mavsum uchun jami 15 696,0 mln.so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, jami umumiy qiymati 14 985,0 mln.so‘m bo‘lgan 10 ta loyihalardan 6 tasi bo‘yicha ishlar yakunlangan va 4 ta loyiha bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Bular quyidagilar;
- Do‘stlik MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Boqichag‘atoy qishlogidagi 2-umumta’lim maktabi 180 o‘rinli. Lekin xozirgi kunda 237 nafar bola 2 smenada ta’lim olib kelmoqda. Bolalarga sifatli ta’lim tarbiya berishda maktabga qo‘shimcha o‘quv binolari zarur-loyihasi bo‘yicha ikkinchi qavatda qurilish-ta’mirlash ishlari ketmoqda.
- Chorloq MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Qo‘shrabot tuman Chorloq qishlog‘idagi 30-maktab binosiga qo‘shimcha bino qurish va o‘quvchilarni bir smenaga o‘tkazish-loyihasi bo‘yicha ikkinchi qavatda shuvoq va birinchi qavatda pardoz ishlari ketmoqda.
- Qo‘shtamg‘oli MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Qo‘shrabot tumani MMTBga qarashli 31-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurish-loyihasi yuzasi bo‘yicha birinchi qavatda g‘isht terish ishlari ketmoqda.
- Katta Oqmachit MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Qo‘shrabot tuman 64-umumta’lim maktabi tavar(xizmat) va jihozlar xarid qilish-loyihasi tovar-(xizmatlar) xarid qilish yuzasidan 1 ta shartnoma bo‘yicha yetkazib beruvchi bilan tuzilagn shartnoma bekor qilinib, mablag‘lar loyiha uchun ochilgan hisobraqamlarga qaytarilgan, hozirgi kunda ushbu tovar bo‘yicha qayta e’longa berilgan. Qolgan tovarlar tuman buyurtmachi tomonidan 64-umumta’lim maktabiga yetkazib berilganligini ma’lum qilgan.
- Qo‘ralos MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Qo‘shrabot tumani, Qo‘ralos MFYda joylashgan “Mehnat” stadionini ta’mirlash-loyihasi yuzasidan ishlar yakunlangan yakunlash dalolatnomalarini rasmiylashtirish va buyurtmachi tamonidan Kapital qo‘yilmalar dasturiga joylash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
- Novkat MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Navkat MFY Mo‘lla olim qishlog‘iga olib boruvchi 3030 metr yo‘lni asfaltlash-loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlangan.
- Urganji MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Urganji mahallasi Yangihayot qishlog‘i va O‘rtasoy mfy qarashli Tumshuq qishlog‘i o‘rtasidagi yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish lozim aholini bu muammo qiynab kelmoqda yozda chang qishda loy-loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlangan.
- Toz (Sorigul MFY) MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Sarigul MFY Sarigul qishlog‘i ichki yo‘llariga Ismoil Ochilov, Bektosh Jabborov, Mamadiyor Quralov, Berdiyor Qurolov, Orif Arziyev, Maruf Qurbonov, HusanXo‘jaqulov, Zarif Ergashev, Sunnat Xayrullayev, Erkin Rahmonov, Qodir Ergashev, Bobomurod Qarshiyev, Yusuf Ermatov, Husan Shodiyev va Izzat Tursunovlar ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish-loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlangan.
- Yuqori-saroy MFYdagi taklif qiymadi 1 485,0 mln.so‘m bo‘lgan Yuqori-saroy MFY Rudnik markazidan Tajigovul qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lni O‘quvchilarni maktabga borish va kelishida qulaylik yaratish uchun yo‘lni asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash-loyihasi bo‘yicha asfalt qoplamasi yotqizish ishlari yakunlangan.
- Shovana MFYdagi taklif qiymadi 1 500,0 mln.so‘m bo‘lgan Shovana MFY Shamolli qishlog‘i va Beksariq qishloqg‘ini tutashtiruvchi tuproq yo‘lni davomiy 3,5 metr enlilikda asfalt qoplamasi yotqizish-loyihasi yuzasidan asfalt qoplamasi yotqizish ishlari yakunlangan.
2025-yil 2-mavsum uchun jami 17 101,0 mln.so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, ovoz berish yakunlariga ko‘ra taklif qiymati jami 16 102,3 mln so‘m bo‘lgan 11 ta loyihalar g‘olib bo‘lib, hozirda ushbu loyihalar yuzasidan buyurtmachilar kesimida shaxsiy g‘azna hisobraqamlari ochilib, mablag‘lar o‘tkazilgan.
Loyiha bo‘yicha;
- Ozod MFYdagi umumiy qiymati 1 499,3 mln so‘mlik Ozod mahallasi Boypo‘rishli qishlog‘i bilan To‘xmon qishloqlarini bog‘lovchi yo‘lni asfaltlashtirish-loyihasi yuzasidan loyihachi tashkilot aniqlanib loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Novkat MFYdagi umumiy qiymati 1 499,9 mln so‘mlik Navkat MFY Mo‘lla olim qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lning qolgan qismini asfaltlashtirish- loyihasi yuzasidan loyihachi tashkilot aniqlanib loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Pichot MFYdagi umumiy qiymati 1 1499,9 mln so‘mlik Qo‘shrabot tuman Pichot MFY ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizish to‘g‘risida loyihasi- yuzasidan loyihachi tashkilot aniqlanib loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Mayintepa MFYdagi umumiy qiymati 1 499,9 mln so‘mlik Mayintepa Mahallasi Tumanovul qishlog‘ini ichki Quduqcha chegarasi bilan tutashuvchi yo‘llariga asfalt qoplamasini yotqizish va ortgan mablag‘ga qum shag‘al qoplamasini ishlarini olib borish-loyihasi yuzasidan loyihachi tashkilot aniqlanib loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Quvkalla MFYdagi umumiy qiymati 1 499,9 mln so‘mlik Zarkent markazidan Quvkallaga olib boruvchi yo‘lni asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish-loyihasi yuzasidan loyihachi tashkilot aniqlanib loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Oqchopsoy MFYdagi 1 500,0 mln so‘mlik 58-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoniga bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun usti yopiq bo‘lgan zamonaviy sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasini ikki dona kiyim almashtirish (o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun alohida) va yuvinish xonalari bilan birgalikda qurish-loyihasi yuzasidan yer ajratish bo‘yicha hujjatlashtirish va loyihachini aniqlash bo‘yicha e’longa berish uchun hujjat ishlari olib borilmoqda.
- Yangiqishloq MFYdagi 1 499,9 mln so‘mlik Yangiqishloq MFY hududdagi Tumshuq qishlogʻidan Sumbul qishlogʻini va Tumshuq qishlogʻidan Yangihayot qishlogʻini tutashtiruvchi asosiy yoʻllarga asfalt qoplamasi yotqizish-loyihasi yuzasidan loyihachi tashkilot aniqlanib loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Chorloq MFYdagi 1 500,0 mln so‘mlik Chorloq MFY Chorloq qishlog‘ yoshlarning bo‘sh vaqtda sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha qulayliklarga ega qish fasliga mo‘ljallangan usti yopiq (suniy gazon)futbol maydoni va (ortgan mablag‘ga sport maydonchasi) qurish- loyihasi yuzasidan yer ajratish bo‘yicha hujjatlashtirish va loyihachini aniqlash bo‘yicha e’longa berish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.
- Jonbuloq MFYdagi 1 499,9 Qo‘shrabot tuman Jonbuloq MFY Jonbuloq qishlog‘idan Qorabog‘ qishlog‘i oralig‘idagi yo‘lni asfalt qilish-loyihasi yuzasidan loyihachi tashkilot aniqlanib loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda.
- Chinoq (Qo‘shtamg‘ali) MFYdagi 1 500,0 Qo‘shrabot tumanida joylashgan 4 umumta’lim maktabiga 12x24 o‘lchamda engil konsturksiyali (sendvich panelli) sport zal qurish-loyihasi yuzasidan loyihachini aniqlash yuzasidan e’longa berish ishlar amalga oshirilmoqda.
- Jush-ota MFYdagi Qo‘shrabot tuman 1-son politexnikumi (xarid) -loyihasi bo‘yicha tavarlar restrida keltirilgan tavarlarni xarid qilish bo‘yicha e’longa berish ishlari boshlangan.