Matbuot anjumani

Qo‘shrabot tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Mashxura Shamsiyeva ishtirokida “Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni taʼminlash borasidagi ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bo‘lim boshlig‘i mavzu yuzasidan maʼlumot berar ekan. Har bir demokratik davlat o‘z taraqqiyotiga bir qancha omillar asosida erishadi va takomillashadi. Demokratlashuv jarayoni uzoq davom etuvchi hamda evolyutsion xususiyatga ega siyosiy jarayon hisoblanadi. Yangi O‘zbekiston barpo etishning asosiy zaruriyati, avvalo, davlat va jamiyat hayotida fuqarolar hamda davlatning o‘ziga xos birdamligi, fuqarolik jamiyatining barcha xususiyatlarini o‘zida mujassam etishi bilan bog‘liqdir deydi.

Bunda tarixiy xususiyatlar, milliy qadriyatlar va fuqarolarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati darajasi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni taʼminlashning asosiy sharti sifatida siyosiy institutlar alohida o‘rin tutadi.  

O‘zbekistonda siyosiy boshqaruvni yana-da mustahkamlash siyosiy qarorlar qabul qilishda fuqarolar faolligini oshirishga doir yangi tendensiyalardan biri bu:  Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali joylardagi muammolarning oldini olish hamda ularning siyosiy munosabatlarda faolligini oshirishdir.  

Viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Jabborov Isroil Ismoilovich tashabbusi bilan “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi”ni joriy qilish hududlardagi ijtimoiy-siyosiy kayfiyatni doimiy o‘rganish va uni hal etish borasida o‘zaro hamkorlikni taʼminlash,  fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani taʼminlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish, mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish maqsadida yangi platforma yaratildi. Bu platformada ishni olib borish maqsadida tumandagi 45 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga seminarlar tashkil etildi. Bu esa bevosita fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni taʼminlashga xizmat qilmoqda. Tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hozirgi kunda xonadonbay o‘rganishlar olib borib, yangi tashkil qilingan platforma orqali tegishli davlat tashkilotlariga aniqlangan muammolarni ko‘tarib chiqib bartaraf etish choralarini ko‘rib bormoqdalar.

Xulosa o‘rnida taʼkidlash lozimki, bu kabi islohotlarda fuqarolarning ishtiroki, avvalo, ularning faolligi va siyosiy daxldorlik hissi yuqoriligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, bu jamiyatda islohotlarning qanchalik samara berishining asosiy indikatori hisoblanadi.  

Zero, jamiyatda demokratiya va fuqarolik jamiyati fuqaro va davlat manfaatlari birlashuviga bog‘liq holda kechadi.  

 

2015-2024 © Хокимият Кушработского района. Разработан в: SAKTRM