insurez
30-01-2026 10:23

“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumida qaysi mahallalar ishtirok eta olmaydi?

❌ “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumida qaysi mahallalar ishtirok eta olmaydi?

⚡️Xabaringiz bor, “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida ketma-ket ikki mavsumda g‘olib bo‘lgan mahallalar uchun navbatdagi ikki mavsumda loyiha kiritishni cheklash amaliyoti joriy etilgan.

📄 Bunga ko‘ra, avvalgi mavsumlarda ketma-ket g‘olib bo‘lgan hamda 2026-yil 1-mavsumda loyiha kiritish imkoniyati cheklanadigan mahallalar ro‘yxati shakllantirildi.

🔗 Mazkur havola (https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/53) orqali tuman (shahar)lar kesimida loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

📍Qo’shrabot tumanida ham 6 ta mahallaga tanaffus berilgan. Ulardan Shavona, Qo’shtamg’ali, Toz, Navkat, Qo’rolos va Chorloq mahallalari.👆

❗️Eslatma: tanaffus qo‘llangan mahallalar uchun sherikchilik asosida loyihalarni ilgari surish imkoniyati mavjud. (https://t.me/xushnudbek/30867)

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

Teglar
Insurance Policy