2024-yilda aholini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
2024-yilda aholini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman elektr tarmoqlari boshlig‘ Sherali Ikramov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Qoʻshrabot tumanida aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini bir maromda elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida NIM stansiya bo‘yicha Zarband 110/35/10 kV NIM stansiyasi yuklamada (nagruzka) ishlayotganligi sababli, kuyish ehtimoli yuqoriligini inobatga olgan holda mavjud 1 dona 16000 kVa transformator punktining o‘rniga 1 dona quvvati 25000 kVa bo‘lgan transformator punktiga almashtirildi.
Mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha 188,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 62 dona transformator punktlari rejaga kiritilgan boʻlsada 2024-yil holatiga 198,4 km 0,4-10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, 81 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.
Joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2024-yil rejasiga asosan 419,1 km, elektr uzatish tarmoqlari hamda 105 ta transformator punktlari joriy ta’mirlandi. Rejadan tashqari kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida 286,5 km tarmoqlar daraxt shoxlaridan tozalanib, 45 dona transformator punktlari joriy ta’mirlandi.
2024-yil boshidan tumanimiz aholi xonadonlarini elektr energiya ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha jami 13 dona transformator punktlari 52,5 km zamonaviy SIP kabellari hamda 1178 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi.