8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.










Bayram tadbirida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, tumandagi korxona va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan faol ayollar hamda faol xotin-qizlar qatnashdi.
Tantana ishtirokchilarini samimiy qutlagan tuman hokimi D.Shakarboyev ularning timsolida bugungi kunda davlat xizmatida, tadbirkorlikda, farzand tarbiyasida, o‘qishda, qo‘yinki, hayotning har bir jabhasida faol bo‘lgan barcha xotin-qizlarga bayram tabrigini yoʻlladi.
Tadbir davomida tuman Maʼdaniyat boʻlimi xonandalari, shuningdek, 5-son Musiqa va sanʼat bolalar maktabi oʻquvchilarining chiqishlari, qadrdon kuy-qo‘shiqlar, mumtoz raqslar bayram tadbiriga yana-da shukuh va fayz bag‘ishladi.
Bayram yakunida tadbir ishtirokchilariga gul va esdalik sovgʻalar ulashildi.




