insurez
04-02-2025 11:00

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safarining ikkinchi kunida Qo‘shrabot tumanidagi Qiyqim mahallasida bo‘ldi.


Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safarining ikkinchi kunida Qo‘shrabot tumanidagi Qiyqim mahallasida bo‘ldi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov, tuman hokimi Dilshod Shakarboyev bilan birgalikda mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, fuqarolarning muammolari, huquqiy masalalarini o‘rganildi. 

Jumladan, fuqaro Nilufar Safarova tadbirkorlik qilish yo‘lida duch kelayotgan masalasi adliya aralashuvi bilan sud tartibida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Xonadonida kichik issiqxona tashkil qilgan A.Isroilovning shu yo‘nalishdagi faoliyatini kengaytirish masalasi o‘rganib chiqiladi. Adliya vazirligiga biriktirilgan ushbu mahalla fuqarolariga nafaqat yashash sharoitini yaxshilash, qolaversa, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, xorijiy tillarni o‘tganishlari, ish bilan band bo‘lishiga ham zamin yaratiladi. Muhim jihati, aholining huquqiy muammolari ham adliya yordamida bartaraf etiladi.

Teglar
- -