insurez
23-09-2024 11:00

​​​​​​​Daryolarning noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy qilinganligini bilarmidingiz?


Daryolarning noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy qilinganligini bilarmidingiz?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentyabr sanasida Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida 566-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv jumladan  Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari belgilandi.

Chirchiq daryosi- Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumani Oqsoqotasoy bilan qo‘shilgan joyidan boshlab, Chinoz tumanida Sirdaryoga quyilish joyigacha (Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hududlaridan oqib o‘tgan) qismi.

Toshkent shahar (M.Ulug‘bek, Bektemir, Yangixayot va Sergeli tumanlari hududlaridan oqib o‘tgan) qismi.

Sangzor daryosi- Jizzax viloyati Baxmal tumanidan boshlanib, Zafarobod tumani hududidagi “Tuzkon” ko‘lining quyilish qismigacha (Aydar-Arnasoy ko‘li).

Zarafshon daryosi, shu jumladan: Samarqand viloyati Urgut tumani “Ravotxo‘ja” gidrouzelidan Jomboy tumani “Oq-Qoradaryo gidrouzeli” qismi.

Samarqand viloyati Narpay tumani, Oqdaryo va Qoradaryo daryolarining qo‘shilish qismidan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Toshrabod ko‘prigi qismi

Qoradaryo daryosi, Samarqand shahar Farhod qo‘rg‘oni “Oq-Qoradaryo gidrouzeli”dan boshlab, o‘ng qirg‘oq “Qoradaryo” daryosining (Samarqand shahar, Oqdaryo tumani va Samarqand tumani  hududidan oqib o‘tgan) qismi.

Samarqand shahar Farhod qo‘rg‘oni “Oq-Qoradaryo gidrouzeli”dan boshlab Oqdaryo, Jomboy va Payariq tumanlaridan utgan oralig‘idagi qismi.

Norin daryosi, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Uchqo‘rg‘on gidrouzeli”dan daryoning Qoradaryo daryosi bilan qo‘shilish nuqtasigacha (Uchqo‘rg‘on, Uychi, Norin va Namangan tumanlari hududlaridan oqib o‘tgan) qismi.

Qashqadaryo daryosi, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida “Anorzor” MFYdagi Varganza qishlog‘idan Qashqadaryo va Jinnidaryo daryolarining kesishgan nuqtasidan boshlab (Kitob tumani, Kitob shahri, Shahrisabz tumani, Chiroqchi tumani Chimqo‘rg‘on suv omborigacha) qismi.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan (Chimqo‘rg‘on suv ombori dambasidan boshlab, qisman G‘uzor, Beshkent tumani, Qarshi shahri, Koson va Qarshi tumanlari hududidan oqib o‘tgan) Qarshi tumani “Ko‘chkak” MFY hududidagi Qashqadaryo daryosi va Qarshi magistral kanali dyukergacha bo‘lgan qismi.

Surxondaryo daryosi, Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Ulanqul” mahallasidan boshlab, Sho‘rchi tumani “Xushchekka” mahallasigacha Janubiy Surxon suv ombori yuqori qismigacha bo‘lgan (Uzun, Denov va Sho‘rchi tumanlari hududlaridan oqib o‘tgan) qismi.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Janubiy Surxon” suv omborining quyi qismidan Jarqo‘rg‘on shahrini Termiz shahrini bog‘lovchi avtomobil ko‘prigigacha (Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududlaridan oqib o‘tgan) qismi.

Jarqo‘rg‘on tumani “Obi-hayot” mahallasidan Amudaryo daryosiga quyilish qismigacha (Jarqo‘rg‘on, Termiz tumanlari va Termiz shahri hududlaridan oqib o‘tgan) qismi.

Sirdaryo daryosi, Sirdaryo daryosining Namangan viloyati hududidan oqib o‘tgan qismi, Tojikiston chegarasigacha bo‘lgan qismi va Toshkent viloyati Bekobod tumanidan Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh nuqtasigacha bo‘lgan qismi.

Daryolarning noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy qilingan hududlarida noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararning miqdori belgilangan formula bo‘yicha hisoblanib, aniqlangan asosiy zarar miqdori o‘n baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi bosh yuristkonsul’ti I.Karimov

 

Teglar
- -