Faoliyati to'xtagan "Zarafshon textile" MCHJ o‘z faoliyatini boshladi — tikuvchilik fabrikasi xotin-qizlar bandligini ta’minlaydi
Faoliyati to'xtagan "Zarafshon textile" MCHJ o‘z faoliyatini boshladi — tikuvchilik fabrikasi xotin-qizlar bandligini ta’minlaydi
Bugun Chimmos mahallasida "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi doirasida 2023-yil yakunida o'z faoliyatini to'xtatgan "Zarafshon textile" MCHJ o‘z faoliyatini boshladi.
“Zarafshon textile” MCHJning tikuvchilik fabrikasi ochilish marosimida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, mahalla faollari, qishloq ahli hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tikuvchilik fabrikasida yaratilgan sharoitlar, xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlari, ularning mehnat qilishlari uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.
Jo'sh hududiga 16 000 kVali transformator o'rnatilib tikuvchilik fabrikasining ish samaradorligini oshirilishiga erishildi.
Dastlabki bosqichda fabrikada 150 nafardan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi. Kelgusida bu ko‘rsatkich 500 nafargacha yetkazilishi rejalashtirilgan.