“HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI”
“HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI”
Bugun Qo‘shrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida Qo‘shrabot tuman hokimi D. Shakarboyev bilan “HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI” bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar hamda taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuvda yoshlar murojaatlari o‘rganilib ularning ta’lim-tarbiya, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun tuman hokimi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi, tumandagi yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, isteʼdod va salohiyatini namoyon etishlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida bir guruh yoshlar yoshlarning jamiyatdagi faol ishtiroki, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va sport sohalaridagi muvaffaqiyatlari uchun tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.