insurez
31-01-2026 15:00

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


“Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini taʼminlash hamda bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimi D.Shakarboyev rahbarligida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv tuman Yoshlar ishlari bo‘limida o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning dolzarb muammolari tinglanib, ularning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. Shuningdek, taʼlim, bandlik, tadbirkorlik, sport va madaniyat yo‘nalishlarida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Tadbir yakunida tashabbuskorligi va faol ishtiroki bilan ajralib turgan yoshlar kitob jamlanmalari bilan taqdirlandilar.

Teglar
- -