insurez
10-04-2025 17:00

Ijtimoiy tarmoqlarda “64 yoshli Qo‘shrabotlik jurnalist ko'chada qoladimi” ? sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda “64 yoshli Qo‘shrabotlik jurnalist ko'chada qoladimi” ? sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan munosabat

Ushbu murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganida quyidagilar aniqlandi.
Namuna mahallasida yashovchi fuqaro Norboyeva Anora Eshquvvatovnaning uy-joy masalasidagi murojaati 2024-yil 5-dekabr kuni Ishtixon tumanlararo sudining xal qiluv qaroriga asosan da’vogar Qo‘ziboyev Dilmurod Kamolovichga tegishli bo‘lgan noturar binodan majburiy ravishda chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinganligi, 2025-yil 4-fevral hamda 2025-yil 25-mart kunlari Samarqand viloyati sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instasiyasining ochiq majlisida  noturar binodan majburiy ravishda chiqarish bo‘yicha qanoatlantirilgan. 
O‘rganish natijasida fuqaro A.Norboyevaning 2 nafar voyaga yetgan farzandlari borligi va farzandi Jo‘raqulov Shdiyor Ravshanovichga tegishli bo‘lgan “Pichot” MFYda 25 sotixdan iborat yer maydoni, 2 xonada va 1 daxlizdan iborat uy-joyi mavjudligi aniqlandi. Hozirda fuqaroning uy-joyini ta’mirlash va qo‘shimcha bino qurilish ishlari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilayotganligini ma’lum qilamiz.

Teglar
- -