Kiberjinoyatchilik
Kiberjinoyatchilik
Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda jamiyatimizda fuqarolarga va tashkilot va muassasalarda ishlarni yengillashtirish, inson omilini kamaytirish, raqamli iqtisodiyotni jadallashtirish, ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechish maqsadida internet va tegishli kompyuter dasturlari orqali ishlarni bajarishga alohida e’tbor berildi.
Kompyuter texnalogiyalari va internet saytlaridan foydalanish kundalik hayotimizning bir bo‘g‘iniga aylanib bo‘ldi.
Ammo, shu bilan bir paytda kibermakondagi jinoyat va huquqzurliklar ham kundan kun kupaymoqda, ya’ni saytlarni buzib kirish, virusli dasturlar tarqatish, har xil bank plastik va boshqa moliyaviy operatsiya dasturlari manbalarga buzib kirish, pul mablag‘larini har qanday shaklda o‘zlashtirish bilan bog‘liq kibermakonda sodir etiladigan kiberjinoyatchilik ham ko‘paymoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida kiberjinoyatchilik uchun alohida bobda va bir qancha moddalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lsada, ammo asosiy tushunchalarda bu turdagi jinoyatlarga ta’rif berilmagan.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi 15.04.2022 yilda qabul qilingan O‘RQ-764-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan, ya’ni “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunida hozirgi kunda bizni qiziqtirgan barcha masalalar yoritilgan.
Jumladan, mazkur Qonun jami 40-ta moddadan iborat bo‘lib, ushbu Qonunning 3-moddasida kiberjinoyatchilik deganda - axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi deb ta’rif berilgan.
Kibermakon — deb axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit deb ta’rif birilgan.
Axborotlashtirish ob’ekti — turli darajadagi va maqsaddagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar o‘rnatilgan va foydalaniladigan xonalar.
Kibertahdid — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi shart-sharoitlar va omillar majmui.
Kiberxavfsizlik — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati.
Kiberxavfsizlik hodisasi — kibermakonda axborot tizimlarining ishlashida uzilishlarga va (yoki) ulardagi axborotning ochiqligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanilishining buzilishiga olib kelgan hodisa.
Kiberxavfsizlik ob’ekti — axborotning kiberhimoya qilinishini hamda milliy axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatda foydalaniladigan axborot tizimlari majmui, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari.
Kiberxavfsizlik sub’ekti — milliy axborot resurslariga ega bo‘lish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha elektron axborot xizmatlari ko‘rsatish, axborotni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi sub’ektlari.
Kiberhimoya — kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olishga, kiberhujumlarni aniqlashga va ulardan himoya qilishga, kiberhujumlarning oqibatlarini bartaraf etishga, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot tizimlari hamda resurslari faoliyatining barqarorligini va ishonchliligini tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik chora-tadbirlar, shuningdek ma’lumotlarni kriptografik va texnik jihatdan himoya qilish chora-tadbirlari majmui.
Kiberhujum — kibermakonda apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalangan holda qasddan amalga oshiriladigan, kiberxavfsizlikka tahdid soladigan harakat;
Muhim axborot infratuzilmasi — muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, axborot tizimlari hamda tarmoqlar va texnologik jarayonlar resurslarining majmui.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XX1 –bobi Axborot texnalogiyalari sohasida jinoyatlar uchun javobgalik nazarda tutilgan bo‘lib, unda 2781 –moddadan 2787-moddagacha shu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan.
Undan tashqari, kibermakonda sodir etilgan har qanday mol-mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar JKning 167-moddasi 3-qismi “g” bandi, 168-moddasi 3-qismi “g” bandi va 169-moddasi 3-qismi “b” bandida va boshqa moddalarda jinoyat uchun javobgarlik belgilingan.
Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi TB
tergovchisi leytenant X.B.Israyilov