insurez
13-10-2025 17:30

Korrupsiya – taraqqiyot dushmani!


 Korrupsiya – taraqqiyot dushmani!

Korrupsiya – davlatning barqaror rivojlanishiga, qonun ustuvorligiga va jamiyat ishonchiga putur yetkazuvchi eng xavfli illatlardan biridir. Unga qarshi kurashish – barchamizning fuqarolik burchimizdir.

Shu maqsadda Qo‘shrabot tuman hokimi D. Shakarboyev rahbarligida, tuman IIB boshlig‘i F. Ahmedov, tuman prokurori o‘rinbosari D. Uzakov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlat xizmatchilari tomonidan xizmat vazifalariga halol va mas’uliyatli yondashish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik, qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi yana bir bor qat’iy ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilinib, barcha tashkilot va muassasalarda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Halollik – taraqqiyot kafolati! Har bir rahbar, har bir xodim o‘z faoliyatida aynan shu tamoyilga asoslanishi bugungi kunning eng muhim talabidir.

Teglar
- -