Korrupsiya va uning jamiyatga salbiy ta’siri mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Korrupsiya va uning jamiyatga salbiy ta’siri mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Qo‘shrabot tuman prokurori yordamchisi Sh. Sag‘dullayev tomonidan tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabining 10, 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Korrupsiya va uning jamiyatga salbiy ta’siri” mavzusida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.




Tadbirda shuningdek, yoshlarning firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida ularni bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida ogohlantirildi hamda ulardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
 
                        



