“Mahalla yettiligi tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.10.2024-yildagi “Mahalla yettiligi tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida 691-son qarori qabul qilindi.
Nizomga muvofiq yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
Ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab berish;
Ipoteka kreditlariva ular bo‘yichasubsidiyalarnirasmiylashtirish belgilangan kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablag‘lari hisobidan, qoida tariqasida, «Agrobank» ATB, AT «Xalq banki», «Mikrokreditbank» ATB va «Biznesni rivojlantirish banki» ATB tomonidan ajratiladi
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar «subsidyplatform.mf.uz» to‘lov platformasi orqali ajratiladi
Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:
18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
Kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan daromad manbaiga, shu jumladan, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan daromadga ega bo‘lishi;
Qarz yuki ko‘rsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining ushbu qarz oluvchining tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadlarining 60 foizidan yuqori bo‘lmasligi;
Kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
Ilgari bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalardan foydalanmagan bo‘lishi;
Rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yer uchastkasi qarz oluvchining o‘ziga yoki u bilan birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlaridan biriga tegishli ekanligi va qarz oluvchi mazkur manzilda kamida 6 oy davomida doimiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi lozim.
Irzaev Behzod Shaymamatovich,
Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti