Mahallamizdagi tadbirkor ayol bandlikni ta'minlamoqda
Mahallamizdagi tadbirkor ayol bandlikni ta'minlamoqda
Tumanimizning Ozod mahallasida yashovchi tadbirkor Yalg'ashova Narxol Baxtiyorovna o‘z xonadonida ko‘rpa-yostiq tikish va qovush ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Bugungi kunda u o‘z tashabbusi bilan mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda Narxol Baxtiyorovna tomonidan 7 nafar xotin-qiz doimiy ishga jalb etilgan bo‘lib, ular bu orqali o‘z oilalariga barqaror daromad keltirmoqda.
Uning ushbu sa’y-harakatlari mahallada ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar bilan shug‘ullanishga undash borasida ijobiy natijalar bermoqda.