Maishiy chiqindilar to‘planishining atmosferaga ta’siri, bu borada tumanda olib borilayotgan ishlar haqida
Maishiy chiqindilar to‘planishining atmosferaga ta’siri, bu borada tumanda olib borilayotgan ishlar haqida.
“Toza hudud” DUK Qo’shrabot tuman filiali “Mustaqillik” MFY Mustaqillik ko‘chasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PQ-2916-son qarori bilan ish faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunda korxonaga tuman hokimining 2020-yil 5-martdagi 281-K qaroriga asosan Qo‘rolos MFYdan bino va avtogaraj qurish uchun yer ajratilib, qurib foydalanishga topshirilgan.
Korxonada jami texnikalar soni 11 tani tashkil qilib shundan 8 ta Musuravoz, 1 ta Multilift, 1 ta Ganvoz, 1 ta spark aftomobili bor.
2024-yil davomida mavjud bo‘lgan 19 ta MFY da 9418 ta abonentga xizmat ko‘rsatilib, 508 ta yuridik tashkilotga xizmat qilib kelmoqda.
Do‘stlik MFY da joylashgan poligon 6-sentyabr 2012-yil barpo etilgan maydoni 5 gektarni tashkil etadi. Urganchi MFYda joylashgan poligon 5-fevral 2014-yil barpo etilgan maydoni 0,5 gektarni tashkil etadi. Bir yil mobaynida aholi va yuridik tashkilotlardan kub maishiy chiqindilarni olib borib maxsus chiqindi xonaga to‘kiladi. Qo‘shrabot tuman “Toza hudud” DUK chiqindi yig‘ish poligoniga chiqindini qayta ishlash zavodi qurish uchun tadbirkorlardan takliflar tushgan hozirda shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda. Chiqindi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi uchun maxsus texnikalar yordamida chiqindilar surulib zararsizlantirilib yerga ko‘miladi.
Qo‘shrabot tuman “Toza hudud” DUK tumanda qamrab olingan aholi va yuridik tashkilotlarga maxsus chiqindi yig‘ish kontenerlari joylashtirgan, kontenerlar soni hozirgi kunda 130 tani tashkil etadi.