Maktablarda korrupsiyaga qarshi huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi
Maktablarda korrupsiyaga qarshi huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi
Bugun Qo‘shrabot tuman Ichki ishlar bo‘limi o‘rinbosarlari S. Fozilov va O. Po‘latovlar tomonidan 32 va 55-sonli umumta’lim maktablarida “Korrupsiya va uning jamiyatga salbiy ta’siri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.




Tadbirda 10–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, firibgarlik jinoyatlarining yangi turlari va ularning oldini olish yo‘llari haqida ma’lumot berilib, yoshlarni bu kabi noqonuniy holatlarning qurboniga aylanmaslikka chaqirildi.
 
                        



