insurez
20-12-2024 12:00

“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening maktabim” loyihasi o‘tkaziladi.


“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening maktabim” loyihasi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-feyraldagi “O‘zbekiston - 20З0“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni-qo‘llb-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-З7-sonli Farmonining 12-bandigа asosan hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 5-dekabrdagi  KQ- 10-V-sonli Qarorini ta'minlash yuzasidan Qo‘shrabot tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas'ullari tomonidan tumandagi barcha maktablarda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bunda, 
18–27-dekabr kunlari – loyihalarni shakllantirish (10 kun);
2025-yil 2–11-yanvar kunlari – loyihalarni saralash (10 kun);
13–17-yanvar kunlari – ovoz berish (5 kun) bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatma: ushbu loyihada maktablarning 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Teglar
- -