Ommaviy sportni rivojlantirish yo‘lida yana bir qadam
Ommaviy sportni rivojlantirish yo‘lida yana bir qadam
Qo‘shrabot tumani Boyto‘p mahallasi hududida ham sport maydonchasi qad ko‘tardi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur sport maydonchasi mahalla ahli, xususan, sportga ishtiyoqi baland yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Bugun, 16-sentyabr kuni yangidan qad rostlagan sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida mahalla yoshlari tomonidan turli sport o‘yinlari tashkil etildi.