O‘quvchilar yangi o‘quv yilini yangi binoda boshlaydilar.
O‘quvchilar yangi o‘quv yilini yangi binoda boshlaydilar.
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida tumanimizning Oqchopsoy mahallasida viloyat prokurori tashabbusi bilan barpo etilgan 51-umumta’lim maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ochilish marosimida Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov, tuman hokimi D.Shakarboyev, mahalla mas’ullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishmoqda.
Tuman hokimi tadbirda so‘zga chiqib, qishloq aholisini Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Bolajonlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslarda Vatan, tinchlik tarannum etildi.
Endilikda, yangi o‘quv yiliga maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari shinam xonalar va shart-sharoitlarda dars mashg‘ulotlarini olib borishadi.