insurez
11-04-2025 12:10

PICHOT MAHALLASINING ICHKI YO‘LLARI HAM RAVON BO‘LMOQDA


PICHOT MAHALLASINING ICHKI YO‘LLARI HAM RAVON BO‘LMOQDA

Yo‘llarning qanchalik ravon va tekis bo‘lishi manzilimizning yaqinligi va qulayligida muhim ahamiyat kasb etadi. Pichot mahallasining ichki tuproq yo‘llari yozda chang, qishda esa loy bo‘lib aholiga bir qancha noqulayliklar olib kelayotgan edi.

Aholiga yanada qulaylik yaratish, yo‘l bilan bog‘liq noqulayliklarni bartaraf etish, qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida mahalladagi 3,3 km ga yaqin yo‘lga "Tashabbusli budjet" loyihasi asosida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilib, ko‘p yillardan buyon qishloq aholisini qiynab kelayotgan yo‘l muammosi bartaraf etilmoqda.

Bu kabi ishlar tumanning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Teglar
- -