Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Qo‘shrabot tumani FVB tomonidan navbatdagi tadbir "Tuman elektr tarmoqlari korxonasi"da favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlariga yong‘inlarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish chora-tadbirlari va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, yo‘riqnoma va eslatma materiallar tarqatildi.
Shuningdek, tadbir doirasida o‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ko‘p sonli shikastlangan va jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, turli yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish va davolash amaliyotlarni amaliy tarzda bajarishdi.
Bu kabi profilaktik tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati