“Qonun ustuvorligi – halol jamiyat kafolati”
“Qonun ustuvorligi – halol jamiyat kafolati”
Korrupsiya bugungi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb va global muammolardan biri sanaladi. Bu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilishi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan Qo‘shrabot tuman prokurori katta yordamchisi Otabek Abjalov tomonidan Qo‘shrabot tumanidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Halollik va to‘g‘rilik — insonning oliy fazilatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


Tadbir davomida halollik tushunchasining vijdon, odob-axloq va qonunlarga hurmat bilan chambarchas bog‘liqligi, shuningdek, halollik va to‘g‘rilik insonlar o‘rtasida o‘zaro ishonchning asosiy tamoyili ekani haqida so‘z yuritildi. Davra suhbati ishtirokchilarda muhim hayotiy qadriyatlar haqida chuqur tafakkur uyg‘otdi.
 
 
                        



