insurez
27-01-2025 10:00

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti


Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.

Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan sohaga yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2024-yilda bo‘limga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 589 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 368 tasi qanoatlantirilgan va 220 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (1 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan). Qanoatlantirilgan murojaatlarning 226 tasi shikoyat hisoblanadi.

Bundan tashqari, Qo’shrabot tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tominidan  23698 ta yuridik va jismoniy shahslarga xizmat kursatilgan bo‘lsa, shulardan 20147 tasi ijobiy xulosalarolingan bo‘lsa 1568 tasi vakolatli organlardan xuloslar kutilayotganlar hamda 1983 tasi rad etilganlar arizalar hisoblanadi.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan bugingi kunda 133 ta buyudjet tashkilotlariga “e-huquqshunos” tizimi orqali xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Mazkur tashkilotlarning 22251 ta buyruq va shartnoma loyihalari ko’rib chiqilgan, shundan 1402 ta hujjat loyihasi qonunchilik talablariga zid bo‘lgani uchun salbiy xulosa berilgan, 638 ta hujjat kamchiliklar bartaraf qilinishi uchun rad qilingan,  20849 ta buyruq va shartnoma loyihalariga ijobiy xulosa berilgan va ish beruvchilar tomonidan qabul qilingan.

Bo‘lim tomonidan tuman darajasidagi 48 ta davlat organlari va tashkilotlarida 24 ta o‘rganish va monitoringlar o‘tkazildi, o‘rganish va monitoringlarda jami 6514 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lsa, qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tuman tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 51 ta taqdimnomalar kiritilgan, qonunchilik hujjatlariga zid 188 ta hujjatlar bekor qilindi yoki qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi. Sudlarga umumiy qiymati 698 587 000 so‘mlik 53 ta ariza va da’vo arizalari kiritilib, qanoatlantirildi.

Mazkur davr mobaynida, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan jami 53 nafar shaxsga nisbatan, shulardan 18 nafari davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzish, 6 nafari murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzish 
1 nafari intelektual mulk huquqini buzish yo‘nalishida va 28 nafari mehnat qonunchiligi yo‘nalishida sodir etgan huquqbuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun tegishli idoralarga ma’muriy takliflar kiritilib, O‘zbekiston Respubdikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining turli moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, 18 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi, 13 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilindi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, qonunchilikni takomillashtirishga doir jami 14 ta takliflar ishlab chiqildi va belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga taqdim etildi.

2024-yilning mazkur o‘tgan davrida xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimining 4 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularga tegishli tartibda ekspertiza xulosalar berilishi taьminlangan.

O‘tgan bir yil davomida tumandagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda 5674 ta huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 298 tasi ommaviy axborot vositalari, ya’ni televideniye, radio, gazeta va jurnal, veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali, 1401 tasi og‘zaki huquqiy targ‘ibot va bundan 3975 tasi uyma-uy yurish orqali amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot hisoblanadi.

 

 

 

Teglar
- -