Qo‘shrabot tumanida “Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi.
Qo‘shrabot tumanida “Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi.
2024-yil 16-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shrabot tuman Davlat xizmatlari markazida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan biznes-rejalar taqdim etildi. Unda tijorat banklari va hokim yordamchilari hamda mahallalarda tadbirkorlikni boshlashni istagan fuqarolar ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi va tuman IIB JXX Probatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.