Qo‘shrabot tumanida yashil makon doirasida ekilgan ko'chatlarga tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etildi.
Qo‘shrabot tumanida yashil makon doirasida ekilgan ko'chatlarga tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etildi.
Bugun, Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov, Qo‘shrabot tumani hokimi D.Shakarboyev, tuman prokurori Dj.Mirsafayev hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari hududlarda bo‘lib yashil makon doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish tizimlari bilan tanishdi.
Cho‘l o‘rnida bugun ko‘zni quvnatguvchi manzarali daraxtlar o‘sib turipti! Bu hudud nafaqat xushmanzara, balki tabiiy havo tozalaydigan, tuproqni barqarorlashtiruvchi va atrof-muhitni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi jonli maskanga aylanyapti.
Bu kabi tashabbuslar nafaqat hududni obodonlashtirish, balki atrof-muhitni yaxshilash, havoni tozalash va tuproq unumdorligini oshirish kabi ekologik muammolarni hal qilishga ham xizmat qiladi.
Qo‘shrabot tumanida amalga oshirilayotgan daraxt ekish va sug‘orish tizimlari, ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida muhim qadamdir.