Qoʻshrabot tumanining Shavona mahallasida “Obod xonadon, Obod koʻcha va Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot
Qoʻshrabot tumanining Shavona mahallasida “Obod xonadon, Obod koʻcha va Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot
1. Shavona mahallasidagi 970 ta xonadonlardan 970 tasi ta’mirlanib obodonlashtirildi.
2. Elektr-energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta yangi transformator
o‘rnatilib, 9 ta transformator mukammal ta’mirlandi, 470 ta temir-betonlari keltirilib 470 tasi
o‘rnatildi, 18 km tarmoq (kabel) tortildi.
3. Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida gaz tarmog‘ining 5450 metr qismi ta’mirlab
bo‘yoq ishlari olib borilgan, 30 ta xonadonga tabiy gaz tarmog‘iga ulanishga ruxsat olindi va
shuningdek, 6 dona GRP ta’mirlandi, suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 1
dona maxsus isuzi avtomashinasi qo‘shimcha ajratib berildi.
4. Ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojni yaxshilash maqsadida To‘labosti, Shavona-1,
Shavona-2 suv inshootlariga 1 donadan yangi nasos o‘rnatildi.
5. Ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash bo‘yicha 25,8 km masofaga
shag‘allashtirish ishlari amalga oshirildi.
6. Shavona mahallasi hududidagi mavjud 1 ta Oilaviy shifoxona poliklinikasi Ichki va
tashqi fasad qismi mukammal ta’mirlashdan chiqarildi.
7. Mahalla hududidagi mavjud 4 ta (8, 9, 16 va 35)-sonli umumta’lim maktablari Ichki
va tashqi fasad qismi mukammal ta’mirlanib, 4 ta gigiyena xonalari tashkil etildi, (8 va 9-
maktablari)da yangidan xojatxona qurildi.
8. 12-sonli MTM Ichki va tashqi fasad qismi mukammal ta’mirlanib, bolalar uchun 6 ta
besetka o‘rnatilib, 1 ta tashqi yangi xojatxona qurildi, issiq suv o‘tkazilib, ichkaridagi 6 ta
xojatxonalar ta’mirlandi.
9. Shavona mahallasi binosi yangidan qurilib, devorning ichki va tashqi qisimi pardozlash
ishlari yakunlanish arafasida.
10. Mahallada Nuroniylar maskani va kutubxona binolari qurilib, ayni kunlarda
pardozlash ishlari olib borilmoqda.
11. Mahalla fuqarolariga yengillik yaratish maqsadida Bozorcha (Savdo kompleksi) qurilish
ishlari yakunlanish arafasida.
12. Mahallaning Shavona, Kesovli, To‘labosti va Shamolli qishloqlariga 5 ta workout sport
maydonchalari o‘rnatildi.
13. Piyodalar yo‘lagini qurish va ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish borasida 3,6 km
masofada piyodalar va veloyo‘lak qurish uchun joyi tayyorlanib, beton qoplamasi yotqizildi
va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
14. 4R-55 Mitan-Qo‘shrabot-Nurota yo‘lining 9-15 km masofasi ya’ni 6 km qismiga
asfalt qoplamasi yotqizildi.
15. Shavona mahallasida istqomat qilayotgan kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q,
nogironligi bo‘lgan fuqarolarning 10 donasini xonadonlari zamonaviy usulda ta’mirlab
berildi.
16. Shavona mahallasining drayveriga aylanib borayotgan go‘jachilik va ayronchilik ayniqsa
rivojlanib borayabdi. Avvallari eski va ko‘rimsiz joylarda sotilgan go‘ja va ayronlar bugungi
kunda, qulay va sanitariya talablariga javob beradigan sharoit yaratilib, 12 ta tadbirkorga
zamonaviy ko‘chma savdo do‘konlari foydalanish uchun topshirildi. Yaratib berilgan
sharoitlar natijasida ular endi faqat go‘ja va ayron bilan cheklanib qolmasdan turli xil
shirinliklar va o‘zbek milliy taomlarini ham o‘z mijozlariga taqdim etmoqda. Shundan kelib
chiqib ularning daromadi avvalgidan 5-6 barobar ko‘paydi va qo‘shimcha 26 ta ish o‘rni
yaratildi.
17. Bir mahalla - bir mahsulot tamoyili asosida qovun tarvuzlar ekish uchun “Shavona”
mahallasida 40 nafar oilaga, 0,50 sotixdan umumiy 20 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaligi
tashkil etilib foydalanish uchun ajratib berildi va suv bilan ta’minlash maqsadida
burg‘ulash yo‘li bilan 2 ta artezian quduq qazib berildi. Bundan kutilayotgan yillik daromad
har bir oila boshiga 20-30 million so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
18. Aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
48 ta oilaga homiylar va tadbirkorlar hisobidan jami 2500 dona tuxum yo‘nalishidagi
tovuqlar bepul berildi.