insurez
18-05-2025 14:30

Qo‘shrabotda mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.


Qo‘shrabotda mahallaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan mahalla binosi 3 437 nafar aholi yashaydigan chekka hududda joylashgan Mayintepa mahallasi fuqarolari uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi.

Binoning ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov, tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, Mahallalar uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi rahbariyati va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, xalqimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududlarni yana-da rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar.

Teglar
- -