Rasman: Subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanmoqda
Rasman: Subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanmoqda
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 16-mart kuni soat 09:00 dan boshlab jo‘natish mumkin!
Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (My.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/325)) orqali topshirish mumkin. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.
Shuningdek, arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (hozirda 3,4 mln —10,1 mln so‘m);
Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7−9,2 baravari (hozirda 3,4 mln so‘m — 11,6 mln so‘m).




