insurez
20-12-2024 18:00

Tabiiy va suyultirilgan gaz iste’moli aholining qonuniy manfaatlari himoya qilinyaptimi?


Tabiiy va suyultirilgan gaz iste’moli aholining qonuniy manfaatlari himoya qilinyaptimi?

Qo‘shrabot tumanida 13 ta mahallada jami 4386 ta aholi va 35 ta ulgurji iste’molchilar mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich tumanning 15 % (foiz) aholisi tabiiy gazdan foydalanib  85% (foiz) 21898 ta axoli suyultirilgan gaz balon bilan reja grafik asosida 45-47 kun oraliqda ta’minlanib kelinmoqda. Hozirgi kunda tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha tumangaz idorasi xodimlari tomonidan iste’molchilarga targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda, bundan ko‘zlangan maqsad kam tabiiy gazdan foydalanib yuqori samaradorlikka erishishi, bu istemolchiga ham kam mablag‘ to‘lab o‘zinig mablag‘i tejalishi tushuntirilmoqda va iste’molchilar hozirgi kunda xonadonidagi eski gaz priborlarini hozirgi zamonaviy tejamkor gaz priborlariga almashtirmoqda, hozirda 3586 ta iste’molchi tejamkor gorelkalardan foydalanmoqda.

Bundan tashqari iste’molchilarning qonuniy mafaatlarini himoya qilinishi bo‘yicha onlayin tizim  ishlari amalga oshirilgan bo‘lib har bir iste’molchilarga to‘lov mablag‘i bo‘yicha sms xabar yuborilmoqda va iste’molchilar tomonidan muammo kamchiliklar yuzaga kelsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn murojaat qilib murojaatga o‘z vaqtida qonuniy ijrosi ta’minlanib kelinmoqda, Suyultirilgan gaz balon bo‘yicha ham aydi (ID) karta bo‘yicha imtyozli narxda tarqatilmoqda. Suyultirilgan gaz ta’minoti uchun tumanga 6 dona ISUZU avtomashinalari ajratilgan. Maishiy gaz ballonlarga bo‘lgan yangi ehtiyojlarni qondirish maqsadida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz ta’minoti iste’molchilari uchun 450 dona yangi maishiy gaz ballonlari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2024-yil boshidan 412 (95%) dona yangi maishiy gaz ballonlari aholi iste’molchilariga tarqatildi. “Qo‘shrabottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tasdiqlangan reja jadval asosida 45-47 kun oralig‘ida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilmoqda. 2024-yil yanvar-dekabr oylarida “Qo‘shrabottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan iste’molchilarga 3403,5 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilgan. suyultirilgan gaz mahsuloti 2024-yil 31-dekabrga qoldiq 146,5 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirda “Qo‘shrabottumagaz” GTB binosida avariya zaxirasi xonasi tashkil etilgan bo‘lib, unda 45  dona yangi maishiy ballon zaxirasi yaratilgan.

                  

 

Teglar
- -