insurez
08-08-2024 11:00

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Qaxramon Xoliqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi.


Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Qaxramon Xoliqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi.

Mavzu: Tumanimizda mahalla tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etish bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Tumanda bugungi kunda barcha yo‘nalishlarda, jami 7581 ta tadbirkorlik sub’ektlari davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tib, turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan, 1463 ta yuridik shaxs, 6118 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari tashkil etadi.

Joriy yilda tasdiqlangan dastur va qo‘shimcha shakllantirilgan loyihalar negizida umumiy qiymati 451,8 mlrd.so‘mlik 50 ta loyihalarda 835 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Misol uchun, “Chimmos” MFY hududida “SI TONG STONE” MChJ XK tomonidan tashkil etilayotgan loyiha qiymati 332,8 mlrd. so‘mlik yirik Granit toshlarini qazib olish va qayta ishlashni tashkil etilishi natijasida 640 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-sonli Farmoni hamda PQ-31-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan “Hokim yordamchilari” lavozimi mahallalarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etib kelmoqda.

Hozirga qadar hokim yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 1754 nafar talabgorga turli yo‘nalishlarda 26,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida hokim yordamchilarining ko‘magida xunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 39 nafar fuqarolar ro‘yxatdan o‘tkazilib, 206 nafar fuqaro uztoz-shogird an’analari asosida faoliyatini boshladi.

Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida (PQ-4742)
5623 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan.

O‘tgan 9 oy davomida davlat xizmatlari markazi orqali 156 ta yangi kichik biznes sub’ektlari;

415 ta yakka tartibdagi tadbirkor va dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tumandagi turli xizmat ko‘rsatish va boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 827 nafar fuqarolar faoliyati rasmiylashtirildi.

Amalga oshirgan ishlarimiz natijasida joriy yilning o‘tgan davri davomida 7948 nafar fuqarolar turli yo‘nalishlarda doimiy va mavsumiy ishlarda band qilindi.

Kelgusida bu boradagi ishlarimizni izchil davom ettirish maqsadida barcha iqtisodiy kompleks tashkilotlari, hokim yordamchilari va mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda doimiy ishlaymiz.

Teglar
- -