Tuman Kadastr agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Tuman Kadastr agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Bugun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Qahramon Xoliqulov rahbarligida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Bekmirza Eshmurzayev ishtirokida tuman Kadastr agentligi bo‘limida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.




Yig‘ilishning asosiy maqsadi — davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik, poklik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini tushuntirish hamda bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida deputat Bekmirza Eshmurzayev mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunlar hamda ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. U, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirib, har bir xodim o‘z faoliyatida qonuniylik va odob me’yorlariga qat’iy rioya etishi lozimligini ta’kidladi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Qahramon Xoliqulov esa o‘z nutqida korrupsiyaning eng kichik ko‘rinishlariga ham murosasiz bo‘lish zarurligini, bu illatni ildizi bilan yo‘qotish uchun har bir xodimning halol mehnati va fuqarolik mas’uliyati muhimligini qayd etdi.




