insurez
30-11-2024 18:00

Tumanda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvini isrof qilmasdan foydalanish borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida


Tumanda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvini isrof qilmasdan foydalanish borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida

2024-yilda elektr energiyasi samaradorligini oshirish va elektr energiyasini tejash ishlarini tashkilashtirish va energiya tejamkorligi masalalari bo‘yicha tuman hududidagi huquqni muxofaza qiluvchi tashkilotlar va “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “HET” AJ “Energosavdo” filiali Samrqand bo‘linmasi Qo‘shrabot tuman “Energosavdo” bo‘limi hamda  Qo‘shrabot TET ishtirokida 2024-yilning noyabr-dekabr oylarida keng ko‘lamli targ‘ibot tashviqot ishlari amalaga oshirildi.

Jumladan: tuman prokuraturasi, ichki ishlar va O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy boshqarmasi xodimlari  bilan  tuman markazidagi Mustaqillik,  Qo‘rolos va Zarkent  MFY lari hududidagi 97  ta aholi va 45 ta yuridik iste’molchilar bilan kunning yorug‘ vaqtlarida samarasiz foydalanilayotgan elektr yoritish chiroqlaridan foydalanmaslik, qo‘l bola elektr isitish pechlaridan doimiy ravishda foydalanmaslik, MFYlar hududidagi  tungi ko‘cha yoritish tizimlarini tungi soat 22:00 dan belgilangan vaqtdan keyin  o‘chirib qo‘yish  to‘g‘risida,  aholi va yuridik shaxslarda kunduzi elektr chiroqlarini samarasiz yoqib foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda tegishliligi bo‘yicha MJK  to‘g‘risidagi moddaning 100 moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib jarimaga tortilishi bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Qo‘shrabot tumanida 13 ta mahallada jami 4386 ta aholi va 35 ta ulgurji iste’molchilar mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich tumanning 15 % (foiz) aholisi tabiiy gazdan foydalanib  85% (foiz) 21898 ta aholi suyultirilgan gaz balon bilan reja grafik asosida 45-47 kun oraliqda ta’minlanib kelinmoqda. Hozirgi kunda tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha tumangaz idorasi xodimlari tomonidan iste’molchilarga targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda, bundan ko‘zlangan maqsad kam tabiiy gazdan foydalanib yuqori samaradorlikka erishish, bu iste’molchiga ham kam mablag‘ to‘lab o‘zining mablag‘i tejalishi tushuntirilmoqda va iste’molchilar hozirgi kunda xonadonidagi eski gaz priborlarini hozirgi zamonaviy tejamkor gaz priborlariga almashtirmoqda, hozirda 3586 ta iste’molchi tejamkor gorelkalardan foydalanmoqda.

 

Teglar
- -