Tumanda to‘qqiz oy davomida fuqarolar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar
Tumanda to‘qqiz oy davomida fuqarolar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar
Ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida tumandagi 45 ta mahalla fuqarolar yig‘inida Qo‘shrabot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimlar guruhlari faoliyati tashkil etilib, 10 ta hudud, 19 ta uchastkalarga ajratib olindi.
Bugungi kunda ijtimoiy xodimlar tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 12 toifadagi aholi qatlamlarini uyma-uy yurib xatlov o‘tkazmoqda.
Xatlov jarayonlarida aniqlangan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 258 ta oilalarga keys menejmenti usulida baholashlar o‘tkazilib, oilalarning ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida ijtimoiy ish ochilib, ularga tizimli amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, o‘rganishda ijtimoiy himoyaga muhtoj 12 toifadagi aholi qatlamlariga 91 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha jami
7061 ta arizalar olinib, ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimiga kiritildi va belgilangan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
2. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha
Jamiyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida tumanda 42 nafar fuqaro shaxsiy ro‘yhatga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda barcha zaruriy ijtimoiy yordamlar va xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
Dastlab joriy yil boshida 34 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar reestrda turgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 4 nafari qonunchilik talablariga ko‘ra reestrdan chiqarildi.
Shu davrda mahallalardagi ijtimoiy xodimlarning uyma-uy yurib o‘tkazgan o‘rganishlari natijasida 12 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar belgilangan tartibda baholanib, ijtimoiy reestrga kiritildi.
Misol uchun Yuqori Jo‘sh mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim mahallasida o‘zgalar parvarishiga muhtoj A.Mavlonov uzoq yillardan buyon yolg‘iz yashab kelayotganligi haqida xabar berilgach, mahalla raisi va oilaviy shifokori bilan birgalikda yashash sharoitlari va sog‘ligi baholanib, yolg‘iz keksa sifatida reestrga kiritildi.
Xuddi shuningdek, Xonnazar mahallasida yashovchi 1941-yilda tug‘ilgan E.Eshatovaning ham sog‘ligi va yashash sharoiti baholanib, yolg‘iz keksa sifatida reestrga kiritildi.
Hozirda reestrda turuvchi ushbu fuqarolarga alohida individual dasturlar ishlab chiqilgan hamda xonadonida turli maishiy yumushlarida ko‘maklashish uchun 5 nafar ijtimoiy assistentlar biriktirilib, grafikka asosan haftaning belgilangan kunlarida xolidan habar olinib turibdi.
Bundan tashqari, tuman Tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 14 nafar yolg‘iz statsionar tartibda davolandi. Shuningdek, yolg‘iz keksa va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya va nafaqalariga qo‘shimcha ravishda minimal iste’mol harajatlar miqdorida kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmoqda.
Joriy yil boshidan buyon 80 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiya yoshidagi keksalar Respublikamizning turli hududlarida joylashgan sihatgohlarda dam olishlari tashkillashtirildi.
Shuningdek, tuman Xotin-qizlar va oila bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi va tegishli mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda tazyiq va zo‘rovonlik holatlari aniqlangan xonadonlarda o‘rganishlar o‘tkazilib, himoya orderlari rasmiylashtirildi, ularning doimiy monitoringi yo‘lga qo‘yildi.
3.Ijtimoiy to‘lovlar
Qo‘shrabot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqib, tumaniga 5-toifa belgilanganligi, tumanda ijtimoiy nafaqalarning manzilliligi va haqiqatda muhtoj oilalarga to‘lanishini ta’minlash, maqsadida, joriy yilning sentyabr holatiga mavjud oilalarning 19,9 foiziga ijtimoiy nafaqalar to‘lanishi prognoz qilingan edi.
Joriy yilning avgust oyida tuman bo‘yicha 4542 nafar oilaga nafaqa olib kelayotgan bo‘lsa hozirda bu ko‘rsatkich 1592 nafar (5,4%)ni tashqil qilmoqda.
Kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha Ijtimoiy reestrda turgan oilalar hamda ijtimoiy reestrda turmagan kambag‘al oilalar bilan individual ishlash natijasida bugungi kunda oilalarning iqtisodiy holati o‘rganilib, ishsiz fuqarolarning ish bilan band qilish hamda ijtimoiy og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
4. Ota-ona mehriga muhtoj bolalarni jamiyatga moslashtirish.
Bugungi kunda Qo‘shrabot tumanida 18 yoshgacha bo‘lganlar 57 561 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar soni
218 nafar, shundan chin yetimlar 32 nafar, uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi bolalar 80 nafar, ota-onasi xorijiy mamlakatlarga (migrant) ishlashga, o‘qishga yoki boshqa maqsadlarda ketgan bolalar 106 nafarni tashkil etadi.
Tumanimizda 18 yoshdan oshgan chin yetimlardan joriy yilda uy-joyga muhtoj deb topilgan 3 nafari Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 656-sonli qaroriga asosan uy-joylar bilan ta’minlandi, 7 nafar chin yetim bolalarga oliy ta’limga kirishiga imtiyoz asosida tavsiya berildi, 1 nafar chin yetim bolaga bandligini ta’minlash maqsadida umumiy ovqatlanish shahobchasi ochishida amaliy yordam berildi.
Bolalar manfaatlarini ko‘zlab sudlarda 14 nafar bolalarning huquqlari himoya qilindi, oilasi tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 2 nafar bola oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi.
5.Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
Bugungi kunda 3844 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lib, shundan 400 nafari 1-guruh, 2342 nafari 2-guruh, 264 nafari 3-guruh va 838 nafari
18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni tashkil etmoqda (shundan 1710 nafari ayol va 2134 nafari erkak).
Ushbu toyifadagi shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tumanda sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar hamda “mahalla yettiligi” bilan birgalikda barcha belgilangan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning davomi sifatida joriy yilning iyun oyidan buyon 43 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga aravacha, 74 nafariga protez ortopediya mahsulotlari va 102 nafariga bepul dori vositalari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi
PQ-88-sonli qarori bilan belgilab berilgan tartibga asosan ushbu toyifadagi shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2024-yil 19-iyul holatiga protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari olish uchun 428 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga vaucherlar shakllangan bo‘lib, UZUM market ilovasi orqali 307 nafar va 121 my.ihma.uz sayti orqali protez-ortopediya vositalari nogironligi bo‘lgan shaxslarga muhtojligi bo‘lgan mahsulotlarga buyurtmalar berilgan. Muhtojligi bo‘lgan shaxslarga zaruriy jihozlar ushbu tizim orqali yetkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shrabot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xodimlar orqali 1300 dan ortiq turli masalalar bo‘yicha arizalar kelib tushgan bo‘lib, 900 dan ortig‘i ijobiy yechilgan.
- Qo‘shrabot tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslar yotib davolanish uchun tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda 11 o‘rinli reabilitatsiya markazi ochildi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning 234 nafar bandligi ta’minlandi va 46 nafar kasb-hunarga o‘qitildi.
- Tumandagi tashkilotlarga nogironligi bo‘lgan shaxslar tashrif buyurishi uchun shart-sharoitlar yaratildi va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish maqsadida ijtimoiy ob’ektlarda chorrahalar, piyodalar yo‘lakchasi va ko‘chalar moslashtirilmoqda. Bunday ezgu ishlarni 2025-yilda ham davom ettiraladi.